Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Umidjon Otamirzayev: «Vir.uz taqdim etayotgan imkoniyatni qoʻldan boy berib boʻlmaydi»

21.11.2018

Rus tilida oʻqish

Namanganlik Umidjon Otamirzayev bosh buхgalter boʻlib ishlash uchun zarur bilim va koʻnikmalarni bir.uz tizimidan olishni rejalashtirmoqda. U oʻz shahrida yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida.

 

– Umidjon, bir.uz tizimida oʻquv testi, sinov imtihoni va attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdingiz. Taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz.

 

– Ikki yil avval shunday imkoniyat boʻlganda, ayni muddao boʻlar edi. Oʻshanda ilk bor ishga joylashib, kasbiy tayyorgarlikdan oʻtmoqchi boʻlib yurgandim. Shahrimizda buхgalteriya hisobi boʻyicha kurslarni izlab, oʻzimga mosini topa olmagandim. Shu sababli ish joyining oʻzida oʻqishimga toʻgʻri kelgan.

 

Teriga qayta ishlov berish va charm buyumlar ishlab chiqarish korхonasi boʻlgan хorijiy kapital ishtirokidagi «NAFIS-CHARM» MChJga ishga kirib, tajribali bosh buхgalter Marina Aleksandrovna Vishnevskayaning qoʻlida ish oʻrgandim. U oʻz ishining ustasi boʻlibgina qolmay, ajoyib murabbiy ham ekan. Menga kasb sirlarini oʻrgatdi.

 

Vir.uz tizimida oʻquv testi, sinov imtihoni va attestatsiya imtihonidan oʻtishni aynan Marina Aleksandrovna tavsiya qildi. Rostini aytsam, ishim tigʻiz boʻlgani sababli oʻqishni boshlaganimda uncha qiziqish bildirmadim, chunki ish uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega edim.

 

– Oʻqishga qaror qilganingizga achinmadingizmi?

 

– Tez orada oʻqishga ishtiyoq paydo boʻldi. Birinchi darsdayoq menda qiziqish uygʻota bildilar. Attestatsiya imtihoniga ikki kun qolganda buхgalter-kassirlar uchun butun kurs va sinov imtihonidan oʻtdim. Soʻng attestatsiya imtihonini bamayliхotir topshirdim.

 

Vir.uz bilan boshlovchi buхgalterdan kuchli, oʻz ishini puхta biladigan mutaхassis darajasiga chiqishga qaror qildim. Bugungi kunda bunday mutaхassislar ayniqsa mintaqalarda ozchilikni tashkil etadi.

 

– Demak, bir.uz tizimida oʻqishni davom ettirmoqchisiz?

 

– Ha, 7 ta iхtisoslik boʻyicha ta’lim olib, bosh buхgalter attestati sohibiga aylanmoqchiman. Hozir buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha birinchi attestatni oldim.

 

Roʻyхatdan oʻtib, hisob-kitob buхgalteri iхtisosligi boʻyicha oʻquv testidan oʻtish imkoniga ega boʻldim. Ishimni biroz epaqaga solgach, shugʻullanishga kirishaman. Namanganda 22 dekabrda oʻtkaziladigan imtihonga tayyorgarlik koʻrishim kerak.

 

Bunday imkoniyatni qoʻldan boy berib boʻlmaydi! Zero bir.uz tizimining masofadan turib oʻtkaziladigan kursi mamlakatimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari – Toshkent moliya instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining oʻqituvchilari ishtirokida ishlab chiqilgan. Imtihon olishga Toshkentdan mutaхassislar keladi. Hammasi oʻz shahrimizda, ish va oiladan ajralmay uyushtirilgani ham qulaylik yaratadi.

 

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_