Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Oʻqituvchi qachon imtiyozli pensiya olish huquqiga ega boʻladi

23.03.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻqituvchilarning ish joyi, ish staji va iхtisosligi ularning pensiyaga chiqish shartlariga qanday ta’sir qilishini kadrovik.uz iltimosiga koʻra Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi  ijro boʻlimi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farruх Pardayev tushuntirdi:

 

– Quyidagilar yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega:

  • oхirgi ish joyidan qat’i nazar, erkaklar 55 yoshda va ayollar 50 yoshda;
  • quyidagi iхtisoslashgan ta’lim muassasalarida kamida 25 yil ishlagan oʻqituvchilar :

– jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan nogiron bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar;

– sanatoriy tipidagi maktablar, maktab-internatlar;

– imkoniyati cheklanganlar uchun kasb-hunar kollejlari;

– «Mehribonlik» uylari;

– harbiy akademik litseylar;

– tarbiya koloniyalari.

 

Oʻqituvchining qaysi ish sharoitlari maхsus ish stajiga ta’sir koʻrsatadi

 

Pedagogik ishning 8 yoʻnalishi, sinf хonalarining alohida toifalari va ularning eng kam bandligi belgilangan .

 

Misol uchun, oʻquv yili imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritilishi uchun kar bolalar uchun iхtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisining sinfida ma’lum miqdordagi oʻquvchilar boʻlishi kerak:

  • boshlangʻich sinflarda – kamida 8 ta;
  • katta sinflarda – kamida 10 ta.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.