Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Oʻzbekiston Migratsiya boʻyicha хalqaro tashkilotga a’zo boʻldi

29.11.2018

Rus tilida oʻqish

Migratsiya boʻyicha хalqaro tashkilot kengashi Oʻzbekistonning MXTga a’zo boʻlish uchun bergan arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosi boʻldi.

 

1951 yilda tashkil etilgan Migratsiya boʻyicha хalqaro tashkilot migratsiya sohasida yetakchi hukumatlararo muassasa hisoblanadi, hukumat, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

 

MXT faoliyati migratsiyani regulirovkalash chora-tadbirlarini tartibga solish va gumanizatsiyalash, migratsiya sohasidagi хalqaro hamkorlikni rivojlantirish, migratsiya muammolarining amaliy yechimlarini izlashda koʻmak berish hamda migrantlarga, shu jumladan qochoqlar va ichki koʻchuvchilarga gumanitar yordam berishga yoʻnaltirilgan. MXT Ustavida qayd etilishicha, migratsiya jarayonlari iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlanish, shuningdek insonlarning harakatlanish erkinligiga doir huquqi bilan bogʻliq.

 

Press-relizda ta’kilanishicha, Oʻzbekistonning MXTga a’zo boʻlish masalasi Oʻzbekiston Hukumatining rasmiy talabiga binoan kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan edi. Tashkilot Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarning odam savdosi qurbonlari va yordamga muhtoj migrantlariga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmak bera boshlagan 2003 yildan buyon Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi.

 

MXT tashabbusiga koʻra migrantlarning huquqlarini himoya qilish inson huquqlari boʻyicha birinchi Osiyo forumida qabul qilingan inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasiga kiritilgan. Hujjat matnida shunday deyiladi: «Davlatlar barcha migrantlarning, ularning migratsiya maqomidan qat’i nazar, Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq inson huquqlari hurmat qilinishi, muhofaza etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashga intilishlari shart».



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_