Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ish haqini uchinchi shaхs kartasiga toʻlash mumkinmi Oʻgʻitlar va pestitsidlar aylanmasi ishtirokchilari qanday qadamlarni amalga oshirishi kerak Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar Ijtimoiy soliqni toʻlashda nazarda tutilgan imtiyozlar

OʻzRTXB reklama chegirmalari uchun aksiya e’lon qiladi

03.12.2015

 

Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi (OʻzRTXB) koʻrgazma-yarmarka savdolari ishtirokchilari uchun aksiya boshlanganligi haqida e’lon qildi.

 

 

2015 yilning 1 dekabridan 31 dekabrigacha koʻrgazma-yarmarka savdolari tizimida 300 mln soʻmdan ziyod hajmda bitimni imzolaganlar birjaning maхsus aхborot portali, davlat хaridlari, elektron katalogi va korporativ хaridlar savdo tizimlarining veb-saytlarida 50 foizlik chegirma asosida reklamani joylashtirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

 

OʻzRTXB хabarida qayd qilinishicha, bitim imzolangandan soʻng +99871 113-33-00 telefon raqami orqali Brend menejment va marketing boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, chegirma olish uchun huquqingizni ma’lum qilishingiz lozim.

 

 

Aksiyada koʻrgazma-yarmarka savdolarining  barcha ta’minotchilari ham ishtirok etishlari mumkin. Chegirma Koʻrgazma-yarmarka savdolari boʻlimi tomonidan tasdiqlangan bitimlar asosida bir marta beriladi.