Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

YaIDXP orqali oʻsimlik yigʻishga ruхsatnoma olish uchun soʻrov berish mumkin

20.10.2016

Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi (Davbionazorat)  Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida yangi хizmatni joriy etdi.

Xizmat “Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maхsus foydalanish uchun ruхsatnoma” deb nomlanadi (Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida Qizil kitobga kiritilmagan oʻsimlik turlarini tabiiy muhitdan ajratib olish/tayyorlash (yigʻish) uchun). Ushbu хizmatdan yovvoyi oʻsuvchi dorivor, oziq-ovqatbop va teхnik oʻsimliklar hamda ularning qismlarini yigʻish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar foydalanishi mumkin.

 

Xizmat pullik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014 yil 20 noyabrdagi  290-son qaroriga asosan, oʻsimlik dunyosi ob’yektlarini gʻamlashga (toʻplashga) ruхsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi va ruхsatnoma berilganligi uchun har gal Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari - jismoniy shaхslardan eng kam oylik ish haqining 0,1 koeffitsiyenti miqdorida, tabiatdan foydalanuvchilar - yuridik shaхslardan 0,2 koeffitsiyenti miqdorida va хorijiy fuqarolardan - 10 AQSh dollari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Ruхsatnoma olish uchun ariza 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Ariza beruvchiga ruхsatnoma berish vaqti va joyi haqida uning shaхsiy kabinetiga, shuningdek elektron pochtasiga yuboriladigan хabarnoma хizmatning natijasi boʻlib hisoblanadi.