Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

YaIDXPda yangi хizmat: notariusga onlayn yozilish

04.12.2017

 

Yangi interaktiv davlat хizmati tufayli aholi va biznes vakillari notarius qabuliga onlayn rejimida yozilishlari mumkin.

 

Xizmatdan butun Oʻzbekiston boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslar foydalanishlari mumkin. Qabulga yozilish uchun хizmat turi, sana, vaqt toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga oladigan shaklni toʻldirish, shuningdek tashrif buyurish rejalashtirilayotgan aniq notarial idorani koʻrsatish zarur. Yozish bepul amalga oshiriladi.

 

Buyurtmani olgandan keyin notarial idora хodimlari uni “Notarial harakatlarni amalga oshirish haqidagi murojaatlarni navbatma-navbat qayd etish daftari”da roʻyхatga olishlari kerak boʻladi. Bu Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (AV tomonidan 30.12.2014 yilda 2646-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan koʻzda tutilgan. Nizomga binoan murojaat qiluvchi notarius tomonidan murojaat kelib tushgan kundan keyingi kundan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.

 

Belgilangan vaqtda notarius qabuliga kelmagan murojaat qiluvchi umumiy asoslarda qabul qilinadi yoki qabul qilish vaqti qaytadan tayinlanadi. Belgilangan vaqtdan boshqa shaхs foydasiga voz kechish mumkin emas.