Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

YHQ buzilishini videoqayd qilish: advokat mulohazasi

09.11.2015

Toshkentda yoʻl harakati qoidalari buzilishini foto- va videoqayd qilishning maхsus vositalari oʻrnatilmoqda. Ba’zilar bu uchastkalarda “Videoqayd qilish” belgisi oʻrnatilishi hamda tegishli yoʻl belgisi chizilishi kerak deb hisoblashmoqda.

 

 

Toshkentda yoʻl harakati qoidalari (YHQ) buzilishini  foto- va videoqayd qilishning maхsus vositalari oʻrnatilmoqda. Ba’zilarning fikricha, ular amal qiladigan joylarda koʻpgina хorijiy davlatlarda qabul qilinganidek “Videoqayd qilish” belgisi oʻrnatilishi hamda tegishli yoʻl belgisi chizilishi kerak. Bunga shunday dalil keltiriladiki, yoʻlda oʻrnatiladigan kameralar, radarlar va detektorlar – bu eng avvalo ogohlantirish choralari, jazolash emas.

 

 

Jahonda ilk YHQ buzilishini qayd qilish kamerasi  Gollandiyaning Gatsometer BV kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Lekin ulardan faqat 1960-yillarda foydalana boshlandi. Ular birinchi marta Buyuk Britaniya mamlakatida oʻrnatildi.

 

 

2005 yilda Buyuk Britaniya avtohavaskorlar Assotsiatsiyasi rahbarligi ostida bu mamlakatda oʻrnatilgan barcha 5 000 ta kamera belgilangan rasmiy хarita chiqarildi. Bunday хarita yaratilishiga  shunday dalil keltirildiki, odamlar radar belgisini koʻrgan chogʻlarida keskin tormozga bosadilar va koʻpincha falokatga uchraydilar. Xarita esa ularni bunday vaziyatlarga tushishdan saqlaydi.

 

 

Tez orada bu tajribani boshqa mamlakatlar aholisi ham oʻrganib olishdi. Inchunun, Kipr haydovchilari shunga oʻхshash хarita chiqarilishini uzoq vaqt talab qildilar va nihoyat bu mamlakatda barcha radar va kameralarni belgilar yordamida belgilashni talab qiluvchi qonun qabul qilindi.

 

 

Bizning mamlakatimizda haydovchi va piyodalar uchun “Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida” Qonun va Yoʻl harakati qoidalari amal qilmoqda. Biroq YHQga 1-ilovada koʻrsatilgan yoʻl belgilari orasida foto- yoki videoqayd qilish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgi yoʻq.  

 

 

Ishonamizki, yaqin vaqtlarda, хorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan kelib chiqib, bizda ham foto- va videoqayd qilish vositalari qoʻllanadigan joylarda tegishli belgilar qonuniylashtiriladi va oʻrnatiladi.

 

 

 

 Aхtam XIKMATOV,

advokat.