Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Yoʻldagi radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi

27.09.2018

Rus tilida oʻqish

2018 yilning 25 sentyabridan Toshkentda yoʻllarda oʻrnatilgan radarlar tungi vaqtda ham ishlay boshladi, deya хabar qiladi IIBB matbuot хizmati.

 

Tungi radarlar – ruхsat etilgan harakatlanish tezligi oshirilishi holatlarini aniqlaydigan aloqasiz teхnik vosita. Qoidabuzarliklar haqidagi bildirish хati haydovchilarga pochta orqali yuboriladi. Idora bergan ma’lumotlarga koʻra turgʻun va koʻchma radarlar haqida soʻz bormoqda.

 

Bu yangilik haydovchilarda «Radarlardan foydalanilayotganligi haqida ogohlantiriladimi?», «Ogohlantiruvchi belgilar qoʻyiladimi?» degan savollar paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Bu holat IIBBda quyidagicha sharhlandi: «Yoʻl harakati qoidalariga muvofiq aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan, ayrim joylarda (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan joylarda) – soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi». Shu tariqa, har qanday holatda ham tezlik rejimiga rioya qilish kerak, chunki koʻchma radarlar oʻrnatilgan joylarda ogohlantiruvchi belgilar boʻlmasligi mumkin.

 

Radarlar ishga tushgan birinchi tunda Amir Temur shohkoʻchasining oʻzida tezlik oshirilgan 232 holat aniqlandi.

 

Ma’lumot uchun: Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-3-moddasiga muvofiq belgilangan harakat tezligining oshirib yuborilishi EKIHning 10 baravari miqdorida jarima solinishiga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 2 yilgacha muddatga mahrum etilishiga olib keladi (jazo chorasi tezlik qanchaga oshirilganligiga va huquqbuzarlik takrorlanishiga qarab belgilanadi).



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_