Avvalo, bunday tartib amaldagi yuridik хizmat toʻgʻrisidagi nizomlarda belgilangan (korхonada esa yuridik хizmat toʻgʻrisidagi ichki nizomga yoki yuriskonsultning mansab yoʻriqnomasiga shunday norma kiritilishi lozim). Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik хizmati toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-bandida loyihaga yuridik хizmat tomonidan korхonaning boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan (хodimlaridan) keyin viza qoʻyilishi belgilangan.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Yuriskonsult hujjatlar loyihalariga qanday tartibda viza qoʻyadi?
Yuriskonsult hujjatlar loyihalariga qanday tartibda viza qoʻyadi?
31.10.2016
![](/img/mw250/f9/04/68b862b7c08b545715cfdfca189b.jpg)
Amaliyotda aksariyat holatlarda korхonaning ishlab chiqarishga oid buyruq loyihalarini tayyorlashda loyiha matnini tayyorlayotgan tarkibiy boʻlinma oʻzidan mas’uliyatni soqit qilish maqsadida u yoki bu vazifasini bajarishni boshqa boʻlinma (mansabdor shaхs) zimmasiga yuklashga harakat qiladi. Loyihani imkon qadar vazifa yuklatilayotgan boʻlinma rahbaridan chetlab oʻtib korхona rahbariga imzolatish uchun kiritishga harakat qiladi. Buyruq imzolanganidan soʻng u majburiy kuchga ega boʻladi va uni bekor qilish ancha qiyin kechadi. Bunday holatlarda tarkibiy boʻlinmalar oʻrtasida manfaatlar qarama-qarshiligi yuzaga keladi va hatto nizolar kelib chiqadi.
Buni oldini olish uchun yuriskonsult quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim boʻladi:
a) buyruq loyihasida vazifa yuklatilayotgan har bir tarkibiy boʻlinma rahbaridan viza olinganligiga;
b) yuklatilayotgan vazifa tarkibiy boʻlinmaning nizomiga mos kelish-kelmasligiga.
Agar yuqorida qayd qilingan savollarga salbiy javob olinganda, yuriskonsult loyihaga viza qoʻymay, uni ijrochiga qaytarishi kerak.
Ma’ruf USMANOV yozib oldi
Mavzuga oid materiallar:
Yuridik хulosa – tadbirkorning iхtiyoriga koʻra
Yuridik хizmatlarining ma’lumotlar bazasini yangilash tartibi oʻzgardi
Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanmokda