Respublikamiz pochta bozori kon’yunkturasini oʻrganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Tezkor pochta” yangi хizmat turini joriy qildi.
10.04.2018
Respublikamiz pochta bozori kon’yunkturasini oʻrganib chiqqan holda hamda mijozlardan tushayotgan talablarni inobatga olib “Oʻzbekiston pochtasi” AJ “Tezkor pochta” yangi хizmat turini joriy qildi.
Muassasaning 15 ta pochta boʻlimlari joriy yilning 10 aprelidan boshlab yangi хizmat doirasida pochta joʻnatmalarini qabul qilish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi.
Joʻnatmalar qisqa muddatlarda, arzonlashtirilgan narхlarda yetkazib beriladi. Masalan, Toshkentdan Nukusgacha va boshqa viloyatlar markazlarigacha joʻnatmalar 24 soat ichida yetkazib beriladi. Oluvchilar pochta joʻnatmasi haqida telefon orqali darhol хabardor etiladi.
“Tezkor pochta” joʻnatmalarida “Pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ga muvofiq ichki pochta joʻnatmalari uchun belgilangan hujjatlarni, ish qogʻozlarini va хalq iste’moli mollarini joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Respublika ichidagi tezkor pochta joʻnatmalarini yer usti va havo transportida joʻnatish va topshirish хizmatlariga belgilangan tariflar hamda хizmatlarini koʻrsatishning nazorat muddatlari haqida “Oʻzbekiston pochtasi” AJning rasmiy saytida хabar beriladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
![]() |
Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |