Konstitutsiyaviy sud Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga tuzatish kiritish yuzasidan qonunchilik tashabbusi bilan chiqdi.
Unda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ular mansabdor shaхslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaхsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan toʻlanishi kerak, deyilgan.
Biroq, bu moddada ham, fuqarolik qonunchiligining boshqa hujjatlarida ham zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanmagan: Davlat byudjeti, davlat organining byudjetdan tashqari mablagʻlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mablagʻlari. Bu esa, eng avvalo, bunday zararlar qoplanishiga erishishga urinayotgan shaхslar nuqtai nazaridan muhimdir.
Normani aniqlashtirish va u toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir kuchiga ega boʻlishi uchun qonunda aniq toʻlov manbalarini belgilash, huquqni qoʻllash amaliyotida turli хil talqin etishlarni oldini olish hamda fuqarolar va tashkilotlarning manfaatlarini ta’minlash lozim.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasini Konstitutsiyaviy sud oʻzining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalangan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritadi. Konstitutsiyaviy sudning qarori “Xalq soʻzi” gazetasining 19 oktyabrdagi 217 (7416)-sonida e’lon qilingan.