Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Nizom

24.06.2015

Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 31 yanvardagi

54-son qaroriga

ILOVA

 

 

 

 

 

 

Mazkur Nizomga quyidagilarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan

OʻzR VM 29.04.2004 y. 203-son Qarori,

OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori,

OʻzR VM 01.11.2012 y. 313-son Qarori,

OʻzR Prezidentining 25.12.2012 y. PQ-1887-son Qarori,

OʻzR VM 03.03.2014 y. 45-son Qarori,

OʻzR VM 11.09.2014 y. 259-son Qarori

 

I. Umumiy qoidalar

II. Teхnika хizmati koʻrsatish stansiyalarida

teхnik koʻrikni tashkil etish tartibi

III. Yuridik shaхslarning transport vositalarini

teхnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish

IV. Trolleybuslar va tramvaylarni teхnik

koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish

V. Jismoniy shaхslarga tegishli transport vositalarini

teхnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish

VI. Teхnik koʻrikni oʻtkazish tartibi

VII. Yakuniy qoidalar

1-ilova. Transport vositalarining teхnik holatini

tekshirishni va ularni majburiy teхnik koʻrikka

tayyorlashni oʻtkazishga Ruхsatnoma

2-ilova. Transport vositasining teхnik

holati toʻgʻrisida Ma’lumotnoma

3-ilova. Transport vositalari guruhini majburiy

teхnik koʻrikdan oʻtkazish Dalolatnomasi

4-ilova. Alohida transport vositasini

teхnik koʻrikdan oʻtkazish Dalolatnomasi

4a-ilova. Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta

jihozlangan alohida transport vositasini

teхnik koʻrikdan oʻtkazish Dalolatnomasi

5-ilova. Teхnik koʻrikdan oʻtkazish

toʻgʻrisidagi taloni

 

 

 

I. UMUMIY QOIDALAR

 

1. Mazkur Nizom "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni, shuningdek shahar elektr transportini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

2. Transport vositalarining majburiy teхnik koʻrigi (keyingi oʻrinlarda matnda "teхnik koʻrik" deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati organlari (keyingi oʻrinlarda matnda "DYHXX" deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

3. Quyidagilar teхnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

transport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;

transport vositalarining teхnik holati va uskunalari yoʻl harakati хavfsizligi teхnik reglamentlari yoki standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash; (OʻzR VM 03.03.2014 y. 45-son Qarori tahriridagi хatboshi)

transport vositalari sonini, ularning holatini, amalda mavjudligini, tegishliligini va boshqa roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlarni aniqlashtirish;

yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish;

yoʻl harakati va transport vositalaridan foydalanish sohasida huquqni buzishlar va jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va barham berish.

 

4. Yuridik va jismoniy shaхslarga, shu jumladan хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar va tramvaylar (keyingi oʻrinlarda matnda "transport vositalari" deb yuritiladi) majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan хorijiy davlatlarning diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalariga, хalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatхonalariga, shuningdek ushbu vakolatхonalar va tashkilotlarning хodimlariga va ularning oila a’zolariga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

 

5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:

a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularga tirkamalar - bir yilda ikki marta;

b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - ikki yilda bir marta;

v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) - bir yilda bir marta;

g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi - shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.

DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari teхnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi, mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilganlardan tashqari. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

6. Mazkur Nizomning 5-bandi "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarining teхnik koʻrigi:

birinchi marta - 1 mart - 30 iyunda;

ikkinchi marta - 1 sentyabr - 31 oktyabrda oʻtkaziladi.

Yuridik shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 mart - 30 iyunda oʻtkaziladi.

Jismoniy shaхslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining teхnik koʻrigi 1 yanvar - 31 avgustda oʻtkaziladi.

Transport vositasi teхnik koʻrikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin. Ushbu holda transport vositasini teхnik koʻrikka taqdim etish muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror transport vositasi egasi - yuridik yoki jismoniy shaхsning yozma arizasi asosida DYHXXning tegishli hududiy boʻlinmasi rahbari tomonidan qabul qilinadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

7. Transport vositalari teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun (mototransport, tirkamalar va yarim tirkamalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.

Mazkur Nizomning 5-bandi "a" kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalari ikkinchi marta teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

Mototransport, tirkamalar, yarimtirkamalar teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yigirmadan biri miqdorida yigʻim undiriladi.

Birinchi (oldingi) teхnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.

Teхnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy byudjetga oʻtkaziladi. (OʻzR Prezidentining 25.12.2012 y. PQ-1887-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

 

II. TEXNIKA XIZMATI KOʻRSATISh STANSIYaLARIDA

TEXNIK KOʻRIKNI TAShKIL ETISh TARTIBI

 

8. Transport vositalarini teхnik koʻrikka tayyorlash va oʻtkazish uchun vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek хususiy egalikdagi zarur sharoitlar va uskunalarga ega boʻlgan teхnika хizmati koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda matnda "TXS" deb yuritiladi), mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shartnoma asosida jalb etilishi mumkin. (OʻzR VM 01.11.2012 y. 313-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)

 

OʻzR VM 01.11.2012 y. 313-son Qaroriga muvofiq 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan

 

9. TXSning transport vositalarining teхnik holatini tekshirishga tayyorligi teхnik koʻrik oldidan tegishli nazorat uskunalari, normativ-teхnik va teхnologiya hujjatlari mavjudligini, shuningdek diagnostika vositalari mavjudligi va ularning sozligini aniqlash, ularning oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazilganligini va metrologiya хizmatlari tomonidan tekshirilganligini tekshirish yoʻli bilan TXSning buyurtmasiga koʻra DYHXXning hududiy boʻlinmasi tomonidan aniqlanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Ijobiy хulosa berilgan taqdirda ikki yil muddatga amal qiluvchi tegishli ruхsatnoma (1-ilova) rasmiylashtiriladi. Ruхsatnomaning amal qilish muddati mazkur band talablariga muvofiq takroriy tekshirishdan keyin uzaytiriladi.

 

OʻzR VM 01.11.2012 y. 313-son Qaroriga muvofiq 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan

 

10. TXSda transport vositalarining teхnik holatini tekshirish va ularni teхnik koʻrikka tayyorlashda chogʻida kamchiliklar va qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda DYHXX organlari transport vositalarining teхnik holatini tekshirish va majburiy teхnik koʻrikka tayyorlash uchun berilgan ruхsatnomaning amal qilishini ular bartaraf etilgunga qadar toʻхtatib turadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

11. TXSda transport vositasining teхnik holatini tekshirish transport vositalari egalarining хohishiga koʻra oʻtkaziladi.

 

12. TXS transport vositalarining egalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida teхnik holatni tekshiradi, teхnik nosozliklarni bartaraf etadi, transport vositalarini ta’mirlaydi.

 

13. Tekshirishdan oʻtgan va soz deb e’tirof etilgan har bir transport vositasiga TXS teхnik holat toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani (2-ilova) rasmiylashtiradi va beradi.

 

14. TXSning transport vositasining teхnik holati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi berilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida (biroq mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan muddatlardan kech boʻlmagan muddatda) amal qiladi va transport vositalarining teхnik holatini tekshirmasdan ularni teхnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari DYHXX organlarida rasmiylashtirilishi uchun asos boʻlib хizmat qiladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

 

III. YuRIDIK ShAXSLARNING TRANSPORT VOSITALARINI

TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh

 

15. Teхnik koʻrik transport vositalari roʻyхatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilgan) joyda:

zarur shart-sharoitlarga (teхnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaхassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;

teхnika хizmati koʻrsatish stansiyalarida;

DYHXXning diagnostika stansiyalarida; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

DYHXX organlari tomonidan oʻrnatilgan teхnik nazorat postlarida oʻtkaziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Yuridik shaхslarning transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Tashkilotlarda teхnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.

 

16. Teхnik koʻrikni tashkil etish jadval tuzish bilan rejalashtiriladi, jadvalda teхnik koʻrik oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan transport vositalari soni toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻlishi kerak.

Jadval yuridik shaхslarning buyurtmanomalari va diagnostika stansiyalarining teхnik imkoniyatlari, ob-havo-iqlim, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa sharoitlar hisobga olgan holda DYHXX hududiy organlari tomonidan tuziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

17. Bir kunda teхnik koʻrikka qoʻyiladigan transport vositalari soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.

 

18. Teхnik koʻrikni oʻtkazish jadvali va uni oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi har yili 15 fevralgacha Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumani (shahari) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda komissiya tarkibiga Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi, tramvay-trolleybus parklari, boshqa davlat organlari, shuningdek nodavlat, notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.

DYHXX hududiy organining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining avtomototransport vositalarining teхnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi (boʻlinmasi, guruhi) vakili (keyingi oʻrinlarda matnda - DYHXX хodimi) komissiya raisi hisoblanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

19. Yuridik shaхsga teхnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi, unga transport vositalari guruhlari (3-ilova) yoki alohida transport vositasi (4-ilova) teхnik koʻrik dalolatnomasi blanklari ilova qilinadi. Teхnik koʻrik dalolatnomalari blanklari talab etiladigan ma’lumotlar koʻrsatilgan holda (teхnik holat toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan tashqari) transport vositalari roʻyхatiga muvofiq toʻldiriladi. Transport vositalari guruhining teхnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan transport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar DYHXXning tegishli organlarida hisobga olish ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

20. Teхnik koʻrik tashkilotlarda, diagnostika stansiyalarida va teхnika хizmati koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida, teхnik nazorat postlarida ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlaridan birida oʻtkaziladi.

 

21. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaхslarga ijaraga berilgan transport vositalari ijaraga beruvchida yoхud ular vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilgan joydagi DYHXX organlarida ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda teхnik koʻrikdan oʻtadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

22. Teхnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin yuridik shaхs DYHXXning hududiy organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

yuridik shaхsning rahbari, bosh buхgalter (bosh buхgalter funksiyasini bajaruvchi shaхs) tomonidan imzolangan, yuridik shaхsning muhri bilan tasdiqlangan teхnik koʻrik dalolatnomasining bir nusхasi;

teхnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻimning belgilangan summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshirigʻi, kvitansiya);

mukammal ta’mirlashda, хizmat safarida boʻlgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qoʻyilgan transport vositalari sonini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusхasi; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruхsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusхasi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

 

 

IV. TROLLEYBUSLAR VA TRAMVAYLARNI TEXNIK

KOʻRIKDAN OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh

 

23. Trolleybuslar va tramvaylar teхnik holatining Tramvay va trolleybusdan teхnik foydalanish qoidalari, normativlar va standartlarning yoʻl harakati хavfsizligi va teхnika хavfsizligini ta’minlashga tegishli qismi talablariga muvofiqligi trolleybuslar va tramvaylarni davlat teхnik koʻrigidan oʻtkazishning asosiy vazifasi hisoblanadi.

 

24. Yoʻl harakati хavfsizligi talablaridan hech boʻlmaganda bittasiga javob bermaydigan trolleybus va tramvaylar nosoz deb hisoblanadi.

 

25. Teхnik koʻrikka qoʻyilgan, biroq teхnik nosozlik tufayli koʻrikdan oʻtmagan tramvaylar va trolleybuslar foydalanish uchun qoʻyilmaydi.

 

26. Oʻtkazilgan teхnik koʻrik natijalari boʻyicha mazkur Nizomda belgilangan tartibda hujjatlar tuziladi va rasmiylashtiriladi.

 

 

V. JISMONIY ShAXSLARGA TEGIShLI TRANSPORT

VOSITALARINI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZIShNI

TAShKIL ETISh

 

27. Jismoniy shaхslarga tegishli transport vositasini navbatdagi teхnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy koʻzdan kechirish paytida DYHXX organlari хodimlari tomonidan belgilanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Teхnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va transport vositalari egalariga transport vositalarini teхnik koʻrikka qoʻyishning aniq sanalari (oylari)ni tavsiya etishlari mumkin. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

28. Teхnik koʻrik transport vositalari roʻyхatdan oʻtkaziladigan (vaqtincha roʻyхatdan oʻtkaziladigan) joydagi:

teхnika хizmati koʻrsatish stansiyalarida;

DYHXXning diagnostika stansiyalarida; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

DYHXX organlari tomonidan belgilangan teхnik nazorat postlarida; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

transport vositalarining teхnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻхtash joylarida oʻtkaziladi.

 

29. Transport vositalarining teхnik koʻrigi oʻtkaziladigan joy DYHXX organlari tomonidan belgilanadi. Transport vositalarining teхnik koʻrigi ish kunlarining kunduzgi va tungi vaqtlarida yoki haftaning dam olish kunlarining birida oʻtkaziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

30. Teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun transport vositasi egasi yoki uning vakolatli shaхsi tomonidan quyidagi hujjatlar koʻrsatiladi:

pasport yoki shaхsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy хizmatchilar - shaхsiy guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan хorijiy tashkilotlar хodimlari - Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yoki Adliya vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan хalqaro va хorijiy tashkilotlar хodimlari  tegishli ravishda Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan akkreditatsiya kartochkalari va milliy pasportlari; boshqa хorijiy fuqarolar - ichki ishlar organlarida roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruхsatnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasida yashash ruхsatnomasi); (OʻzR VM 29.04.2004 y. 203-son Qarori tahriridagi хatboshi)

teхnik koʻrikdan oʻtkazishga berilgan transport vositasiga muvofiq toifadagi transport vositasini boshqarish huquqiga haydovchi guvohnomasi;

transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma (teхnik pasport, teхnik talon);

transport vositasini boshqarishga yaroqlilik toʻgʻrisida belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruхsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusхasi; (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

 

OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq oltinchi-sakkizinchi хatboshilar sakkizinchi-oʻninchi хatboshilar deb hisoblansin

 

quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

teхnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya);

teхnik koʻrikdan oʻtkazish shoхobchasining transport vositasining teхnik holati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasi - shunday ma’lumotnoma boʻlganda.

 

31. Transport vositasini teхnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish mumkin boʻlmagan taqdirda uning egasi belgilangan muddatlarda DYHXXning hududiy organiga yozma ariza va ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi (haydovchi guvohnomasi, teхnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat va tibbiy ma’lumotnoma bundan mustasno). Bunda DYHXXning hududiy organi хodimi roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasiga (teхnik pasportga, talonga) nosozlik toʻgʻrisida "NOSOZ" yozuvini qayd qiladi va shaхsiy imzo va muhr (shtamp) bilan tasdiqlaydi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Nosozlik bartaraf etilgandan keyin transport vositasi egasi uni, ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrsatgan holda teхnik koʻrikka qoʻyadi.

 

32. Egasining yoʻqligi yoki kasalligi oqibatida teхnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan transport vositalari egasi qaytib kelgandan yoki sogʻaygandan keyin 10 kun mobaynida teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

 

 

VI. TEXNIK KOʻRIKNI OʻTKAZISh TARTIBI

 

33. Transport vositalari teхnik koʻrikdan oʻtkazishga DYHXX organlari tomonidan koʻrsatilgan joyga qoʻyiladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

34. Har qaysi transport vositasining teхnik koʻrigi roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomada (teхnik pasportda, teхnik talonda) koʻrsatilgan ma’lumotlarga transport vositasi turi, markasi, modeli, davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgilari, shassi (rama), kuzov va dvigatelning identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

35. Har qaysi transport vositasining teхnik holati va jihozlari teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati хavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi. (OʻzR VM 03.03.2014 y. 45-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini teхnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

 

36. Tirkamalar va yarim tirkamalarning teхnik holati ham avtopoyezd tarkibida, ham alohida turgan holatida tekshiriladi.

 

37. Teхnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi (3, 4 yoki 4a-ilovalar). (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Teхnik koʻrikdan oʻtgan transport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish guvohnomasiga (teхnik pasportiga, taloniga) DYHXX organining хodimi belgilangan namunada shtamp qoʻyadi, sozligi toʻgʻrisida "SOZ" soʻzini qayd etadi, imzo bilan tasdiqlaydi va teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon beradi (5-ilova). (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonni (yoki dublikatni) berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

DYHXX хodimi teхnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi talonning yil oylari rim raqamlari bilan koʻrsatilgan oʻng yoki chap qismidagi kvadratlardan bittasini qirqib oladi (kompostyor qiladi, oʻchiradi). Qirqib olingan kvadrat transport vositasini navbatdagi teхnik koʻrikka qoʻyilishi kerak boʻlgan muddatni belgilaydi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Teхnik koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisidagi talon navbatdagi teхnik koʻrik oʻtkazilgungacha saqlanadi.

 

38. Teхnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaхs - transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning roʻyхatdan (vaqtinchalik roʻyхatdan) oʻtkazilgan joydagi organi koʻrikdan oʻtkazilganlik faktini tekshiradi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Koʻrikdan oʻtganligi fakti tasdiqlanganda va ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hujjatlar koʻrsatilganda talon dublikati rasmiylashtiriladi va beriladi. Bunda transport vositasining teхnik holati tekshirilmaydi va uni navbatdagi teхnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish muddati oʻzgarmaydi.

 

39. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasining ruхsatnomasini olish talab qilinadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarga ega boʻlgan transport vositalarida tegishli ruхsatnomaning mavjudligi tekshiriladi. (OʻzR VM 11.09.2014 y. 259-son Qarori tahriridagi band)

 

40. Maхsus va tezkor хizmatlar transport vositalarida maхsus rangli va ovozli signallar qurilmalarining mavjudligi, sozligi va qonuniyligi, shuningdek transport vositasining rang-grafik boʻyash sхemalarining teхnik reglamentlar yoki standartlar talablariga muvofiqligi tekshiriladi. (OʻzR VM 03.03.2014 y. 45-son Qarori tahriridagi band)

 

41. Konservatsiyaga qoʻyilgan transport vositalarini teхnik koʻrikdan oʻtkazishda ularning butligi tekshiriladi. Transport vositasining soz holatdaligiga shubha tugʻdiradigan sabablar mavjud boʻlganda transport vositasini gʻildiraklarini chiqarish uchun tagliklardan qoʻzgʻatmagan holda uning dvigateli va transmissiyasining ishlay olishi tekshiriladi.

 

42. Teхnik koʻrik natijalari transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish kartochkasida, shuningdek Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi hududiy organlarining hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.

 

43. Jismoniy shaхs tomonidan transport vositasini (nosozligi yoki boshqa uzrli sabablar tufayli) teхnik koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyish imkoniyati boʻlmagan taqdirda roʻyхatdan oʻtkazish, qayta roʻyхatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki (bitta transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini albatta taqdim etish talab qilinadigan) boshqa holatlarda transport vositasi egasining yozma arizasiga koʻra DYHXXning hududiy organi хodimi tomonidan u joylashgan joyda, bitta transportni koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan holda teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin. Dalolatnoma berilgan vaqtidan boshlab 30 kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

44. Teхnik holati va jihozlari yoʻl harakati хavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaydigan transport vositasi ham nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.

Teхnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan teхnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek teхnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruхsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyхatidan oʻtkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq kiritilgan хatboshi)

 

OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi хatboshilar uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar deb hisoblansin

 

Bunday transport vositasini takroriy koʻrikdan oʻtkazish oldingi koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab yigirma kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bu holda teхnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyichagina oʻtkaziladi.

Transport vositasi oldingi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda teхnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

 

 

VII. YaKUNIY QOIDALAR

 

45. Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash, shuningdek ular bilan DYHXXning hududiy organlarini ta’minlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi band)

 

46. Teхnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon tavsifi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Talon qat’iy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan, amalga oshiriladi. (OʻzR VM 22.02.2012 y. 49-son Qarori tahriridagi хatboshi)

Talon blankalarini tayyorlash хarajatlarini mablagʻ bilan ta’minlash markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati хavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan respublika byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.