? Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha bizning tashkilotimizda tekshirish oʻtkazilayotir. Biz hozir surishtiruv organlari bilan aloqa qilish uchun advokat yollashimiz, oʻzimiz esa tekshiruvda ishtirok etmasligimiz mumkinmi?
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tekshirishlarning barcha bosqichida tadbirkorlik sub’yektining vakolatli vakillari jalb qilgan advokatlar ishtirok etishi mumkin, bundan tadbirkor bu huquqdan bosh tortgan hollar mustasno.
Advokat хizmatlarini rad etish tekshirishning keyingi bosqichlarida uni jalb qilish mumkin emasligini bildirmaydi. Shunday qilib, siz hozir ham, keyinchalik istalgan paytda ham advokatni yollashingiz mumkin.
Shu bilan birga, shuni unutmasligingiz joizki, advokat yollangan yoki yollanmaganligidan qat’i nazar tekshirish oʻtkazishda sizning bevosita ishtirokingiz shart. Bu Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishlarda advokatlarning majburiy ishtirokini ta’minlash tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyхat raqami 2757) bilan belgilangan.
Tekshiruv jarayonida va u tugagandan keyin oʻzingizni toʻgʻri tutishga esa «Tekshiruv: A dan Ya gacha» EMT yordam beradi. Bu Oʻzbekistonda biznesni tekshirish huquqiga ega organlar bilan oʻzaro munosabatlar boʻyicha turkumlashtirilgan amaliy qoʻllanmadir.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.