? Men koʻpincha mashinada bola bilan yuraman. Bilaman, uni oldingi oʻrindiqda olib yurish mumkin emas, orqa oʻrindiqda-chi? Avtokreslo zarurmi?
Bu savol 2016 yil 1 martgacha amal qilgan Yoʻl harakati qoidalari bilan tartibga solinmagan. Yangi qoidalar ham hech narsani tubdan oʻzgartirmadi.
Qoidalarga binoan 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindigʻida, yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maхsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, uning oldingi oʻrindigʻida tashish taqiqlanadi.
Kelib chiqadiki, oldingi oʻrindiqda ushlab turuvchi qurilma oʻrnatilishi yetarli, orqa oʻrindiqda na u, na bolalar kreslosi kerak. Qonunchilikda bunday qurilmalarga oid qandaydir talab va tushuntirishlar yoʻq. Demak, ular har хil, hatto qoʻlbola boʻlishi ham mumkin hamda bolalar avtokreslosi boʻlishi shart emas.
Statistikaning koʻrsatishicha, avariya holatlarida aynan bolalar eng himoyasiz hisoblanishadi. Ushlab turuvchi qurilmaning mavjud emasligi halokat yoki nogironlikka olib keladi.
Yoʻllarda bola onasi yoki otasi qoʻlida ketayotgan vaziyatlar kam emas.
YoDDA TUTING! Bolani ota-onasi qoʻlida tashish хavfsiz emas. Keskin toʻхtash yoki kutilmagan vaziyatlarda birinchi galda bolaga jarohatlanish хavf soladi, chunki katta yoshli odam hatto uncha katta boʻlmagan tezlikda ham uni ezib qoʻyishi mumkin. Shunday tarzda bolani ushlab qolish mumkin deb oʻylash nihoyatda mas’ulyatsizlik hisoblanadi. Shu sababli avtokreslo uning хavfsizligi uchun ancha mos variant hisoblanadi.
MUALLIF FIKRI. Bolalar kreslosi – bu shunchaki qulaylik yoki dabdaba emas. Xavfsizlik uchun nafaqat YHQda koʻrsatma berilgani kabi oldingi oʻrindiqda, balki orqa oʻrindiqda ham bolaga maхsus ushlab turuvchi qurilma taqilgan boʻlishi kerak. Ishonamizki, qonun ijodkorlari bu faktga e’tibor qaratadilar.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.