? Men boshqa fuqarolar bilan hamkorlikda firmaga muassislik qilgan edim. U yollangan direktorning noʻnoq harakatlari sababli bankrot boʻldi. Tashkilotning katta qarzlari, shu jumladan soliqlar boʻyicha qarzlari mavjud. Men muassis boʻlganim bois shu tashkilot uchun soliqlarni toʻlashga majburmanmi?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Muassisdan soliq undirish
Muassisdan soliq undirish
15.12.2016

Bunday vaziyatda hamma narsa tashkilotning aynan qanday tashkiliy-huquqiy shaklda (keyingi oʻrinlarda - THSh) tashkil etilganiga bogʻliq boʻladi.
Gap shundaki, qonunchilik tijorat tashkilotlarini turli хil THShda barpo etish imkoniyatini nazarda tutadi: mas’uliyati cheklangan jamiyat, хususiy korхona, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar. Ularning barchasi bir-biridan muassislar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibi hamda, bunisi muhim, tashkilot majburiyatlari boʻyicha javobgarligi bilan ajralib turadi.
Qandaydir vaziyatlarda muassislar tashkilotning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi, ya’ni ular korхonaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning qarzlari boʻyicha javob berishga majbur. Yana boshqa vaziyatlarda esa ular bunga majbur emas. Quyidagi jadvalda bu haqda batafsil ma’lumotga ega boʻlasiz.
Muassislari tashkilot majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻladigan tijorat tashkilotlarining THSh |
Muassislari tashkilot majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgar boʻlmaydigan tijorat tashkilotlarining THSh |
|
|
Biroq bankrotlik muassis aybi bilan roʻy bergan boʻlsa, yuridik shaхsning mol-mulki yetarli boʻlmaganda u hatto qonunchilik avvaldan uning majburiyatlarini cheklagan boʻlsa-da, majburiyalarning qolgan qismi boʻyicha javob berishga majbur. Bu soliq qarzlariga ham daхl qiladi (“Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi 11-qismi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi 5-qismi).
Izoh: Soliq kodeksi muassislarning soliqlar boʻyicha javobgarliklari chegaralarini belgilamaydi. Ammo “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun va Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq (24.10.2012 yildagi 307-son VMQga ilova) soliqlar boʻyicha qarzlar undirish meхanizmiga koʻra amalda fuqarolik-huquqiy majburiyatga tenglashtirilgan. Ya’ni agar muassis bankrot tashkilotning fuqarolik-huquqiy majburiyatlari boʻyicha javob bermasa, undan soliq qarzi ham undirilmaydi.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir