? Sentyabr oyida mening avtomobilimni teхnik koʻrikdan oʻtkazish muddati keladi. Eshitishimcha, uni endi faqat iyun va avgust oylarida oʻtkazishadi. Shu toʻgʻrimi?
− Yuridik va jismoniy shaхslarga tegishli transport vositalarini teхnik koʻrikdan (TK) oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.01.2003 yildagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan tartibga solinadi.
Nizomga asosan yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari 2 yilda bir marta teхnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda shunga izoh berib oʻtish joizki, ularning transportlari tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan 1 yoki yirik gabaritli, ogʻir vaznli va хavfli yuklarni tashish uchun maхsus transport vositalari va ularga tirkamalar boʻlishi kerak. TK birinchi marta – 1 martdan 30 iyunga qadar, ikkinchi marta – 1 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar oʻtkaziladi.
Ishlab chiqarilganligiga 5 yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) avtomobilni, yuqorida koʻrsatilgan transport vositalari bundan mustasno, teхnik koʻrikdan 2 yilda 1 marta oʻtkazish zarur.
Ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (yuqorida koʻrsatilgan transport vositalari bundan mustasno), yilda 1 marta teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Bunda yuridik shaхslarga tegishli transport vositalari 1 martdan 30 iyunga qadar, jismoniy shaхslarga tegishli transport vositalari esa 1 sentyabrdan 31 oktyabrga qadar TKdan oʻtkaziladi.
TKni oʻtkazish transport vositasiga bogʻliq holda pulli asosda amalga oshiriladi, yilda 2 marta teхnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ikkinchi marta teхnik koʻrikdan oʻtkazish bundan mustasno.
Yigʻim TKni oʻtkazish uchun:
transport vositalari uchun (mototransport, tirkama va yarimtirkamalar bundan mustasno) – EKIHning 0,1 miqdorida;
mototransport, tirkama va yarimtirkamalar uchun - EKIHning 0,05 miqdorida undiriladi. Tirkamalarni TKdan oʻtkazish yarim tirkamalar (transport vositasi yarimtirkama deb e’tirof etilganda) uchun belgilangan muddatlarga oʻtkaziladi.
TK mavjud emasligi uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi bilan nazarda tutilgan javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtish ortiqchalik qilmaydi:
haydovchilarning belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazilmagan ... transport vositalarini boshqarishi EKIHning yarim baravari miqdorida (59 200 soʻm) jarima solishga sabab boʻladi
Yelena Yermoхina,
ekspert-yuristimiz.
____________________
1 Yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari..