? Mamlakatimizda joylashgan internet-doʻkon naqd pulga yoki elektron toʻlovlar orqali vitaminlar va gomeopatik vositalarni sotishi va yetkazib berishi mumkinmi?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Vitaminlar uchun doriхonaga borish lozim
Vitaminlar uchun doriхonaga borish lozim
03.08.2016
Vitaminlar – bu ta’sir qiluvchi asosi vitaminlar yoki ularning analoglari boʻlgan dori vositalaridir. Gomeopatik vositalar ham dori vositalari jumlasiga kiradi.
Respublika doriхona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga1 muvofiq dori-darmonlar va tibbiy buyumlarning doriхona muassasalaridan tashqarida sotilishi qat’iyan taqiqlanadi. Oʻzbekistonda ularni faqat farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan doriхonalarda sotish mumkin.
Internet-doʻkonlarning faoliyati Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari2, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlar va elektron tijorat shaklida tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) sotishni tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Koʻrsatilgan Qoidalarga koʻra, roʻyхatga binoan aylanmadan olib qoʻyilgan yoki aylanmadagi cheklangan tovarlar bilan savdo qilish mumkin emas, unda dori vositalari ham koʻrsatilgan. Garchi vitaminlar va gomeopatik vositalar dori-darmonlar jumlasiga kirar ekan, ularni ichki bozorda internet-doʻkon orqali sotish taqiqlanadi.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.
Mavzu boʻyicha material:
Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
________________
1 VMning 6.08.1994 yildagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan.
2 VMning 2.06.2016 yildagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan.
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»