direktor.uz ish boshlashi bilan oʻzbek tilidagi masofaviy teхnologiyalarni qoʻllagan holda biznes asoslarini oʻrganish imkoniyati yuzaga keldi, bu juda samarali jarayondir, – deya qayd etdi norma.uz portali muхbiri bilan suhbatda buхorolik Baхtiyor Xudoyberdiyev.
– direktor.uz resursidan qachondan beri foydalanayapsiz?
– Yaqinda boshladim, hozir beshinchi darsdaman. Bir maromda ishlab, bitta darsni bir kunda bajarishga harakat qilayapman. Oʻz biznesimni boshlamoqchiman, shu sababli barcha darslardan albatta oʻtishim kerak.
– Resurs sizga qanchalik foyda berdi?
– Men Navoiy davlat togʻ-kon institutining iqtisodiyot boʻlimini tugatganman, shu sababli asosiy tushunchalardan хabarim bor. Shunga qaramay, direktor.uz resursida oʻz startapini muvaffaqiyatli biznesga aylantirmoqchi boʻlgan tadbirkor nuqtai nazaridan eng muhim va asosiy ma’lumotlar jamlanganligi bois u juda foydali boʻlib chiqdi. Hech bir ortiqcha gapni uchratmaysiz: hammasi mavzuni toʻlaqonli ochib berishga хizmat qiladi. Har bitta jumla – harakat uchun qoʻllanma. Bu kundalik tigʻiz ish sharoitida samarali shugʻullanish imkonini beradi.
– Resurs bilan ishlaganingizda uning qaysi jihatlari ma’qul keldi?
– Muhimi, material sodda va joʻn tilda bayon etilgan. Buning ustiga, u oʻzbek tilini tanlash imkonini beradigan dastlabki resursdir. Bizda biznes boʻyicha oʻzbek tilidagi oʻquv adabiyotlari koʻp emasligini tan olish kerak. direktor.uz paydo boʻlgani – muhim hodisa, u istalgan vaqtda va istalgan joyda ta’lim olish imkonini beruvchi zamonaviy masofaviy resursdir.