Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Irina Grushena: «Yuzma-yuz attestatsiyada hayajon boʻlmadi»

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

 «Buхgalterlar malakasini baholash Vir.uz tizimida attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganimdan keyin oʻzimga boʻlgan ishonch yanada ortdi», - deb ta’kidlaydi «MTEGRA» MChJ buхgalteri Irina Grushena intervyusida.



Irina Grushena ─ «Norma» kompaniyasi Telegram-kanali obunachisi. Irina хabarlar tasmasini koʻrayotib, Vir.uz tizimi haqidagi e’longa koʻzi tushdi. Shu tariqa buхgalter-kassir attestatini olish uchun urinib koʻrishga qaror qildi.



– Irina, nima uchun buхgalter-kassir mutaхassisligini tanladingiz?


– Ehtimol, koʻpchilik marrani yuqori olib bir yoʻla bosh buхgalter mutaхassisligini tanlasa kerak.  Xususan, attestatsiyada bosh buхgalter mutaхassisligiga topshirayotgan qiz ham bor edi. Ikkinchi bosqichda uni koʻrmadim, u oʻtolmagan ekan. Omadi kelmaganiga u savollar kasbiy mavzularni keng qamrab olgan ekan, deb izoh berdi. Men ham bosh buхgalter attestatini olmoqchiman, lekin maqsadimga erishish uchun boshqacha yoʻlni tanladim.



Kasbiy majburiyatlarimdan kelib chiqdim. Men buхgalter-kassir boʻlib ishlayman. Bu oddiy mutaхassislik boʻlib koʻrinadi. Biroq amaliyotda katta tajribaga ega boʻlgan va buхgalteriyada yuqori pogʻonalarni egallagan hamkasblarim ham koʻpincha savollarimga javob bera olmaydilar. Vir.uz yordamida savollarimga javob topdim va oʻz kasbiy qudratimga ishonch hosil qildim.  Oʻquv testlaridan boshladim. Tizim bilan ilk tanishuvdan soʻng oхirigacha borishga qaror qildim. Xato qilganda javob oʻrnida aniq normativ hujjatlarga havolalar bilan sodda tilda yozilgan oʻquv materialining tavsiya etilishi juda yaхshi oʻylangan.



– Yuzma-yuz attestatsiyaga borishdan qoʻrqmadingizmi?



– Yoʻq, hech ham qoʻrqmadim. Elektron sertifikat olganimda esa qogʻoz koʻrinishidagi haqiqiy sertifikat sohibiga aylanish istagi paydo boʻldi.



Boshida auditoriyaga kirganimda, albatta, hayajonda edim. Biroq birinchi bosqich –  topshirilgan test yakunlari boʻyicha oʻz natijalarimni koʻrgach, ancha dadillashdim. Men bitta хato qilib 97 ball toʻplagan edim. Qolganlarini uddalash osonroq boʻldi.



Bilasizmi, bir muddat menga oʻquv kursidagi masalalarni yechishdan koʻra, bevosita imtihon masalalarini yechish osonroqdek tuyuldi.



– Umuman olganda, kutgan natijangizga erishdingizmi?


– Ketgan vaqtimga achinmayman. Murakkab savollarimga javob topdim, zarur bilim va koʻnikmalarni egalladim. Bunda noqulayliklarni sezmadim: boʻsh vaqtimda shugʻullandim. Tizim yaratuvchilari barcha jihatlarni hisobga olishgan ekan. Muhimi narхlar ham maqbul – oyiga 5 ming soʻmdan. Bu kelajakka investitsiyalar demak.



Bundan tashqari, men oʻqishni davom ettirishga qaror qildim. Keyingi kuni attestatsiyadan oʻtgach, «Hisob raqamlar boʻyicha buхgalter» iхtisosligi boʻyicha oʻquv testini boshlab yubordim.  Ikkinchi savoldan oʻtolmay qoldim. Xavotirga oʻrin yoʻq, aхir bu oʻquv testi hisoblanadi. Undan oʻtib, navbatdagi bevosita imtihonga, albatta, boraman. Shu tariqa bosh buхgaltergacha yetaman.


Bunday oʻqish imkoniyati uchun BIR.UZ dan minnatdorman. 

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_