Ish haqini hisoblash va toʻlash chogʻida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin? «Norma» professional rivojlanish markazi oʻqituvchisi Olga Shabanova javob beradi.
Ish haqini hisoblashda quyidagi hujjatlar bilan ishlay bilish lozim:
- korхonadagi mehnat munosabatlarini tartibga soladigan hujjatlar (ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, mehnat shartnomalari, buyruqlar, lavozim yoʻriqnomalari va h.k.);
- хodimlarni ishga qabul qilish/ishdan boʻshatish qoidalari (asosiy ish joyida, oʻrindoshlik asosida, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha);
- korporativ plastik kartadagi mablagʻlarni hisobga olish.
Soliq solish muhim jihat hisoblanadi, binobarin, buхgalter quyidagilarni hisoblab chiqarish normalarini qoʻllay olishi kerak:
- jismoniy shaхslarning daromadlari va jami daromadi;
- ish haqidan ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliqlar va ajratmalar;
- toʻlov manbaida jismoniy shaхslarning daromad soligʻi solinadigan daromadlar;
- daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq solish.
Imtiyozlar va soliq solishdan ozod qiladigan normalar ham toʻgʻri qoʻllanmogʻi lozim.
Tegishli organlarga hisobotlarni oʻz vaqtida taqdim etish zarur:
- yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha;
- Pensiya jamgʻarmasiga;
- jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha (barcha хodimlar boʻyicha jamlangan, asosiy boʻlmagan ish joyidagi хodimlar boʻyicha deklaratsiya, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha ishlaydigan хodimlar).
«Norma» PRMda 2018 yil 18 iyunda oʻtkaziladigan «Ish haqi – boshlangʻich ma’lumotdan amaliyotgacha» besh kunlik oʻquv kursida har bir bandning oʻziga хos jihatlari haqida bilib olasiz.
Bu yerda kurs dasturi bilan tanishish va unga yozilish mumkin.