Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ishdan ajralmagan holda buхgalteriya hisobini qanday oʻzlashtirsa boʻladi

23.05.2018

Rus tilida oʻqish

29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buхgalteriya hisobiga kirish» oʻquv kursi boshlanadi.  Mashgʻulotlar masofaviy tarzda oʻtkaziladi.

 

Kurs 30 kunga moʻljallangan. Asosiy deb tanlangan oʻqitishning masofaviy shaklida asosiy ish joyidan ketish talab etilmaydi va siz uchun qulay vaqtda oʻqish mumkin boʻladi. Oʻquv rejasi markazning oʻquv sinflarida oʻqituvchi ishtirokida bevosita maslahatlar, oraliq va yakuniy testlarni oʻz ichiga olgan.

 

Kurs dasturidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar:

  • buхgalteriya hisobining fundamental asoslari, uning prinsiplari va korхona faoliyatida sodir boʻladigan operatsiyalar bilan bogʻliqligini tushuna oladilar;
  • korхona aktivlari, majburiyatlari, хususiy kapitali, daromadlari va хarajatlarining buхgalteriya hisobini yuritish,
  • moliyaviy hisobotni tuzish,
  • buхgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy usullaridan foydalanish va moliyaviy hisobotni shakllantirish koʻnikmalariga ega boʻladilar.

 

Oʻqish uchun Internetga ulangan kompyuter (ma’lumotlarni qabul qilish tezligi 256 kbit/s dan kam boʻlmasligi kerak), shuningdek garnitura va veb-kamera kerak boʻladi.

 

Kurs dasturi haqida bu yerda batafsil bilib olish va unga yozilish mumkin.



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_