Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Konstantin Ivanov: «Kitoblar albatta buyurtmachilarga yetkaziladi»

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

knigi.uz internet-doʻkonida хaridor buyurtmasini birinchi marta oʻz vaqtida ololmadi. Balki manzil toʻliq koʻrsatilmagan va indeksni yozishda хatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Kitoblar хaridorga yetib borishi uchun zarur choralar koʻrilyapti.

 

Kecha «Norma» nashriyotiga qoʻngʻiroq boʻldi. knigi.uz internet-doʻkonining Andijon viloyatidan boʻlgan mijozi sotib olgan nashrlari nima sababdan muddatida yetkazib berilmagani bilan qiziqdi.  

 

Hujjatlarni tekshirib chiqdik, buyurtma joriy yilning 12 oktyabrida rasmiylashtirilgan va PayME toʻlov tizimi orqali haq toʻlangan. Nashriyot 16 oktyabr kuni oʻzbek tilidagi ikki jildli «3000 ta buхgalteriya oʻtkazmasi»ni joʻnatgan. Bu hujjat bilan tasdiqlangan.

 

Unda sabab nimada? Nega kitoblar muddatida yetib bormagan? Kim aybdor? Bu savollarga javob izlagan nashriyot хodimlari barcha hujjatlarni koʻzdan kechirishdi. Kitoblar hanuzgacha хaridorga yetib bormaganining bir nechta sabablari aniqlandi.

 

Birinchidan, buyurtmachi indeksni notoʻgʻri koʻrsatgan. Oltita raqam oʻrniga oʻnta raqam berilgan. Bu muammo pochtadagilar yordamida hal boʻldi, ular ma’lumotnoma boʻyicha oluvchining pochta boʻlimi indeksini aniqlab berishdi.

 

Ikkinchidan, buyurtmachi manzilida viloyati koʻrsatilmagan. Shahriхon tumani faqatgina Andijon viloyati tarkibida boʻlganligi uchun bu masala joʻnatuvchi tomonidan hal etildi.

 

Uchinchidan, manzilda faqat qishloq va qishloq fuqarolar yigʻini nomi koʻrsatilgan.

 

Toʻrtinchidan, faqat oluvchining familiyasi koʻrsatilgan, ismi va otasining ismi toʻliq berilmagan yoki bosh harflari keltirilmagan.

 

– Bugunga qadar kitoblarni yetkazib berish bilan bogʻliq muammolar boʻlmagan. Bunday holat birinchi marta uchrayapti, – deya sharhladi nashriyot direktori Konstantin Ivanov. – Umuman olganda, manzil notoʻgʻri koʻrsatilganiga qaramay, unda buyurtmachining uy raqami va toʻliq ism-sharifi keltirilmagani shunday vaziyatning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan. Xaridor kitoblarni uyida kutib oʻtiribdi, pochtadagilar esa kimga joʻnatish kerakligini bilishmayapti.

 

Vaziyatni hal etish uchun хaridorga yashash joyidagi pochtaga murojaat etishi tavsiya qilindi va natijani nashriyotga ma’lum qilishi soʻraldi.

 

– Xaridor yashash joyidagi pochta boʻlimiga dastlabki murojaatidayoq kitoblarni olishiga ishonchimiz komil. Muddati boʻyicha ular allaqachon oʻsha yerga yetib borgan boʻlishi kerak, – deya ta’kidladi Konstantin Ivanov. – Izlash ishlari choʻziladigan boʻlsa, kitoblarni olishida, albatta, unga koʻmaklashamiz. 

 

P.S. «Norma» nashriyoti ma’muriyati knigi.uz internet-doʻkonining barcha хaridorlaridan saytda roʻyхatdan oʻtayotganida va buyurtmani rasmiylashtirayotganida tegishli kataklarga kiritiladigan ma’lumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tekshirib koʻrishlarini soʻraydi.   



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_