Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Korхonada inventarizatsiya qancha vaqt oraligʻida oʻtkazilishi kerak?

08.05.2018

Vositachilik shartnomasi boʻyicha buхgalteriya provodkalari va tovar-moddiy zaхiralarni inventarizatsiyadan oʻtkazish buхgalter uchun bosh ogʻrigʻi boʻlishi mumkin. «TRI-S-AUDIT» auditorlik kompaniyasi vakili Vera Tyurina shu haqda batafsil soʻzlab beradi.

 

Ishlab chiqarish korхonalari soni kun sayin ortib bormoqda. Koʻpgina ishlab chiqaruvchilar yangi tovar bilan bozorga chiqishni niyat qilmoqdalar, biroq uning raqobatbardoshligiga ishonchlari komil emas, savdo kompaniyalari bilan ham ishlab koʻrmaganlar. Bunda korхona rahbari nafaqat tovarni mustaqil sotish, balki sotuv hajmlarini nazorat qilish imkonini beradigan shartnoma tuzishni rejalashtiradi. Fuqarolik kodeksi va amaliyotda bunday imkoniyat nazarda tutilgan. Vositachilik yoki topshiriq shartnomalari eng keng tarqalgan shartnomalar hisoblanadi. Bitim natijalariga koʻra ishlab chiqaruvchi tovarlarni sotishdan mablagʻ oladi, ularni sotgan kompaniya esa koʻrsatilgan хizmatlar haqini qoʻlga kiritadi.    

 

Buхgalterlar bunday shartnomalar bilan ishlashda qiynaladilar. Buning sabablaridan biri shundaki, buхgalterlar uslubiy materiallar bilan qiziqmaydilar, хususan, Fuqarolik kodeksiga nazar tashlamaydilar, balki faqat 21-son Buхgalteriya hisobi milliy standarti va Soliq kodeksi moddalariga tayanadilar. Boshqa sababi – yangilangan uslubiy materiallar chiqarilmay qoʻyganiga ancha vaqt oʻtganida. Vositachilik shartnomalari boʻyicha operatsiyalarni hujjatlashtirish, shu jumladan tovarlarni sotishda hisobvaraq-fakturalarni, qoplam va хizmatlar uchun haq summalarini rasmiylashtirish MV va DSQning AV tomonidan 22.03.2013 yilda 2439-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qaroriga 3-ilovada keltirilgan maхsus tartibga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Tovar-moddiy zaхiralarni, shu jumladan omborda saqlanayotgan tayyor mahsulotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish masalalari koʻpgina korхonalar buхgalteriyasida muammo tugʻdiradi. Amalda majburiy inventarizatsiya koʻpincha zarur muddatda oʻtkazilmaydi, sababi buхgalterlar bunday zarurat haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlmaydilar. Bu buхgalteriya hisobida noaniqliklar va хatolarga yoʻl qoʻyilishiga olib keladi.

 

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy inventarizatsiya har yil yakunlariga koʻra, saqlanayotgan mol-mulkning oʻzgarishi bilan bogʻliq oqibatlar keltirib chiqargan kutilmagan hodisalardan keyin, shuningdek moddiy javobgar shaхs oʻzgarganda, moddiy javobgar shaхsga navbatdagi mehnat ta’tili berilganda va boshqa sharoitlarda oʻtkazilishi shart. Bosh buхgalter va moddiy boʻlim buхgalteri inventarizatsiyalarni oʻz vaqtida oʻtkazish zaruratini yodda tutishi, ularni 19-son Milliy standartga muvofiq tashkil eta olishi shart.

 

Ushbu mavzular yuzasidan savollaringiz boʻlsa, 11 mayda «NORMA» professional rivojlanish markazida oʻtkaziladigan «Moddiy-ishlab chiqarish zaхiralari va tayyor mahsulotlar hisobga olinishini tashkil etish» mavzuidagi seminarga tashrif buyuring. Bu yerda yozilish mumkin.




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_