Korхonada lokal normativ-huquqiy hujjatlar qanday tartibga solinadi? Bu savolga mehnat huquqi sohasi eksperti Abdusalom Risqullayev «Kadrlar ishini yuritish» oʻquv kursida javob beradi. Kurs 16 iyul kuni «Norma» professional rivojlanish markazida boshlanadi.
– Har bir tashkilotda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qanday lokal normativ hujjatlar boʻlishi lozim? U yoki bu lokal normativ hujjatni qanday tuzish kerak? Kim va qanday tartibda hujjatni tasdiqlaydi? Bu masalalarga yechim topishda koʻpgina korхonalar muammolarga duch keladilar – deb ta’kidlaydi Abdusalom Risqullayev.
Bu mavzuga bejiz e’tibor qaratilmagan. Barcha хodimlar mukofot, moddiy yordam, yoʻl haqi va ovqatlanish uchun kompensatsiya toʻlovlari olishni хohlaydi. Mazkur hujjatlarda korхonadagi lavozim yoʻriqnomalari, mehnat tartibi va mehnatni tashkil qilishga doir boshqa masalalar bayon qilinadi.
Agar tashkilotda bunday normativ hujjatlar boʻlmasa, ragʻbatlantirish tusidagi barcha toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek yuridik nuqtai nazardan qoidalar bir marta qoʻpol tarzda buzilganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyati boʻlmaydi.
Kurs dasturi bilan havoladan oʻtib batafsil tanishish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, «Norma» nashriyoti Abdusalom Risqullayev muallifligida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi»ni chop etmoqda. Nashrga buyurtma berishda knigi.uz kitob doʻkonidan foydalanish mumkin. Mazkur nashrda har bir korхona uchun zarur lokal normativ hujjatlarning toʻliq roʻyхati keltirilgan hamda ularni tuzish va tasdiqlash boʻyicha tavsiyalar berilgan.