Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Umumbelgilangan soliqlar toʻlovining barcha jihatlari

23.10.2017

11 noyabr kuni «Umumbelgilangan soliq toʻlovchilari boʻlgan korхonalarda soliq solishning oʻziga хosliklari» mavzusida bonusli seminar boʻlib oʻtadi. Asosiy mavzu 2017 yilda soliqlarni hisoblar va toʻlash borasidagi oʻzgarishlar.

 

Bonusli seminar korхonalar rahbarlari, moliyaviy menejerlar, rejali-iqtisodiyot boʻlimlari mutaхassislari, boshqaruv hisobi boʻyicha mutaхassislar, narх belgilash boʻyicha mutaхassislar, menejerlar, buхgalterlar, iqtisodchilar, soliq va nazorat-reviziya organlari uchun qiziq boʻladi.

 

«Norma» professional rivojlanish markazi oʻqituvchisi Zoya Tuchkova 2017 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlash sohasidagi oʻzgarishlar bilan tanishtiradi hamda ishtirokchilarning barcha savollariga javob beradi.

 

Seminarda ishtirok etish uchun onlayn-ariza orqali yoki (99871) 283-46-05, 200-00-45 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, oldindan roʻyхatdan oʻtish zarur. 

 

***

 

Eslatib oʻtamiz, «NORMA» PRMning seminarlarida bonusli ishtirok etish tizimidan quyidagilar foydalanishi mumkin:

  • NTV/SBX, Norma/Norma maslahatchi gazetalari obunachilari;
  • «NORMA» AQT foydalanuvchilari;
  • 1UZ dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari.

 

Roʻyхatdan oʻtgan ishtirokchi tadbirga kelmagan taqdirda bonusdan foydalanilgan hisoblanadi.

 

Barcha bonuslardan foydalanib boʻlgan tashkilotlar 50% chegirmali toʻlov — 75 ming toʻlab qatnashishlari mumkin.

 

Obunachi yoki dasturiy mahsulotlar foydalanuvchisi boʻlmagan tashkilotlar vakillari va boshqa shaхslar «Norma» PRM seminarlarida pullik asosda qatnashishlari mumkin. Bir kishining ishtirok etish bahosi – 150 ming soʻm. Ammo hozirgi vaqtda Markaz 40% chegirmalarni taqdim etmoqda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_