Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • 2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida nimalar boʻladi

2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida nimalar boʻladi

07.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Hujjatga asosan:

  • 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va poytaхtda boshlangʻich sinf oʻquvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi;
  • 2023 yil 1 apreldan boshlab 27 ta professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining oylik  maoshlari 20 foizga oshirilib, oʻrtacha 3 mln soʻmga teng boʻladi;
  • 2023 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish va javobgarligini liberallashtirish maqsadida 2023 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga bir yillik moratoriy oʻrnatiladi;
  • 2023 yilda 53 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, хususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 2 barobarga oshirilib, 90 000 ga yetkaziladi;
  • 26 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek, 11 ming nafar fuqarolarga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln soʻm yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab, “Mahalla byudjeti” tizimini barcha tumanlar va shaharlarda joriy etish orqali mahallalarga oʻz muammosini mustaqil hal etish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun 800 mlrd soʻmgacha mablagʻ yoʻnaltiriladi;
  • 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatiladi hamda 2026 yilga qadar ularning binolari energiya iste’molining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.


Lola Abduazimova.