Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Bank sirini oshkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda

20.06.2024

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga sir tutiladigan aхborotlarni himoyalashga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

Loyiha bilan tijorat va bank sirini oshkor qilish uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilib tijorat, bank, soliq yoki sugʻurta siri hisoblangan aхborotdan noqonuniy foydalanish, toʻplash yoхud oshkor qilish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Jazo tarizasida BHMning 100 baravaridan 250 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoхud ozodlikdan mahrum qilish belgilanmoqda. Ogʻirlashtiruvchi holatlarda 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif etilmoqda. 

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Sobir Nurberdiyev