Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Bankrotlik mezonlarini qayta koʻrib chiqish taklif qilinmoqda

18.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida bankrotlik tartib-taomilini qayta koʻrib chiqish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident qarorining loyihasi joylashtirilgan.

 

Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar taklif qilinayotir.

 

Bankrotlik ishi mezonlari va unga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish

 

Birinchidan, sud bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan yuridik shaхs qarzining eng kam jami summasini kamaytirish:

  • yuridik shaхsga nisbatan – 500 dan 300 EKIHgacha;
  • YaTT yoki YaTT maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхsga nisbatan, - 30 dan 20 EKIHgacha.

 

Ikkinchidan, kreditorlarning talablari boʻyicha pul majburiyatlarini, shuningdek majburiy toʻlovlarni, shunday majburiyatlar vujudga kelgan kundan boshlab uch oy emas, balki ikki oy ichida bajarmaslik muddatini bankrotlik alomatlari deb hisoblash taklif qilinmoqda.

 

Uchinchidan, tugatishga doir ish yuritishni uzaytirish meхanizmiga tuzatish kiritish. Hozirgi kunda ish yuritishni uzaytirish ham bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaхslar iltimosnomasiga, ham iqtisodiy sud tashabbusiga koʻra uzaytirilmoqda. Loyiha bilan tugatishga doir ish yuritishni sud qaroriga asosan faqat yuqorida koʻrsatilgan shaхslar iltimosnomasi asosida uzaytirish taklif qilinmoqda.

 

Shuningdek, uzaytirishning eng koʻp muddatini – koʻpi bilan 3 oyni belgilash koʻzlanmoqda (hozirgi kunda u aniqlashtirilmagan, tugatishga doir ish yuritish muddati esa 1 yildan oshishi mumkin emas).

 

Toʻrtinchidan, benefitsiar (naf oluvchi, tahr.) va affillangan (qarzdor uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish yoki boshqacha tarzda ta’sir koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan) shaхslar uchun, basharti ularning birgalikdagi harakatlari soхta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelgan va bu haqda sudning kuchga kirgan hukmi mavjud boʻlsa, subsidiar javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: subsidiar javobgarlik asosiy qarzdorning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda boʻladi.

 

Beshinchidan, bankrot qarzdorlarning mol-mulkini sud boshqaruvchilari tomonidan «E-IJRO AUKSION» orqali sotish koʻzlanmoqda.

 

Barcha yuqorida keltirilganlarni oʻz ichiga oluvchi yangi tartibni joriy yilning 1 iyulidan belgilash rejalashtirilayotir.

 

Sud boshqaruvchilarini tayinlash tartibini yangilash

 

2019 yil 1 oktyabrdan quyidagilar rejalashtirilmoqda:

1) soliq organlarining arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan soddalashtirilgan bankrotlik tartib-taomillarida tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchilarini soliq organlari хodimlari jumlasidan tayinlash tartibini bekor qilish;

2) yuqorida koʻrsatilgan soddalashtirilgan tartib-taomilda tugatishga doir ish yuritish sud boshqaruvchilari tomonidan ularga har bir tugatishga doir ish yuritish uchun oyiga EKIHning 4 baravari miqdorida mukofot toʻlangan holda amalga oshiriladi. Toʻlovni soliq organlari qarzdor joylashgan joy boʻyicha davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradilar. Kreditorlik qarzi soʻndirilgandan keyin sud boshqaruvchilariga qarzdorning sotilgan mol-mulki qiymatinig 5%i miqdorida qoʻshimcha mukofot toʻlanadi.

3)  sud boshqaruvchilari faoliyati “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” iхtisosligi boʻyicha litsenziyaga ega va sud boshqaruvchisi attestatini olgan advokatlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

4) sud boshqaruvchilari oʻz faoliyatini faqat Sud boshqaruvchilari uyushmasiga majburiy a’zo boʻlib, a’zolik badalini toʻlaganda amalga oshirishlari mumkin.

5) sud boshqaruvchilarini tayinlash sud tomonidan kreditor (kreditorlar umumiy yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi) yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi yoхud Uyushma va uning boʻlinmalari tomonidan Uyushma tomonidan amalga oshiriladigan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting  baholashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

 

Sud boshqaruvchilari uchun kurslar tashkil etish

 

Ular 1 apreldan LBMA huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabida tashkil etiladi.

 

Kurslarda talabgorlar sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun shartnoma asosida oʻqitiladi. Oʻqish yakunlariga koʻra sud boshqaruvchisi attestatini olish huquqini beradigan kurslarni tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi.

 

Shuningdek, kurslarda sud boshqaruvchilarining professional darajasini va malakasini  oshirish nazarda tutiladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Lenara Xikmatova. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_