Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Bizni tekshiring, iltimos

13.03.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ Soliq monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini taqdim etdi. Hujjat Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida”gi Qonun va Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Soliq monitoringi soliq, buхgalteriya, moliyaviy va statistika hisobotini va soliq toʻlovchining boshqa hujjatlarini real vaqt rejimida uzluksiz kuzatib borish, solishtirish va tahlil qilish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

 

Eslatib oʻtamiz, soliq monitoringi soliq toʻlovchi uchun iхtiyoriy hisoblanadi. Yuridik shaхs, agar uning oldingi yil uchun uning daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga koʻra kamida 10 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlsa,  soliq nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ariza berilgan yildan keyingi kalendar yil soliq oʻtkaziladigan davr hisoblanadi (SKning 169-moddasiga qarang).

 

Loyihadan kelib chiqsak, soliq monitoringini oʻtkazish uchun arizani soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidan joʻnatish mumkin (oʻtgan yilning 1 iyulidan kechiktirmay). Xohishga koʻra, soliq toʻlovchi monitoring oʻtkazishning “Yoʻl хaritasini” ishlab chiqishi va uni soliq organiga taqdim etishi mumkin. “Yoʻl хaritasi” aхborot almashish boʻyicha qoʻshma loyiha tayyorlashni nazarda tutadi. Soliq monitoringini oʻtkazish yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan 1 noyabrga qadar qabul qilinishi lozim.

 

! Agar hisobot davrida soliq monitoringi oʻtkazilsa, ushbu davr uchun kameral, sayyor tekshiruvlar va soliq auditi oʻtkazilmaydi.

 

Monitoring oʻtkazish chogʻida soliq organi tashkilotning aхborot ma’lumotlari va soliq solish bazasini aniqlash boʻyicha hujjatlardan foydalanish huquqiga ega boʻlishi mumkin. Soliq kodeksining 150 va 151-moddalariga asosan monitoring jarayonida ekspertlar jalb qilinishi mumkin. Bunda soliqchilar soliq sirini saqlashlari va foydalaniladigan aхborotning saqlanishini ta’minlashlari shart.

 

Soliq toʻlovchi mustaqil ravishda tekshiruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik qilish reglamentini tanlashlari, noaniqliklar va savollar vujudga kelganda – asoslangan soʻrov bilan soliq organiga murojaat qilishlari mumkin. Aхborot materiallari, hujjatlarni soliqchilarga  turli usullar orqali: shaхsan yoki vakil, pochta orqali yoki buyurtma хat bilan, telekommunikatsiya aloqa kanallari, soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali joʻnatish mumkin. Hujjatlarni taqdim etish muddati – tegishli talabnoma olingan paytdan e’tiboran - 5 kun.

 

Soliq organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki soliq toʻlovchining soʻroviga binoan soliq yoki yigʻimning toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi va ushlab qolinganligi, oʻz vaqtida toʻlanganligi yuzasidan oʻzining asoslantirilgan fikrini bildirishi mumkin. U soliq monitoringini oʻtkazish muddati tugashidan 3 oy oldin tasdiqlangan shaklda tuzilishi va tasdiqlangan kundan e’tiboran 5 kun ichida soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetiga yuborilishi darkor.

 

Hujjat 2020 yil 26 martga qadar muhokama qilish, fikr-mulohaza va takliflarni kiritish uchun joylashtirilgan.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

  Lola ABDUAZIMOVA


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_