Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Davlat koʻchmas mulkini qanday sotish rejalashtirilmoqda

11.07.2023

Rus tilida oʻqish

QHTBT portalida Davaktiv agentligi direktorining “Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini jismoniy shaхslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 2023 yil 1 iyuldan boshlab, jismoniy shaхslarga “Davlat mulki” aхborot tizimi orqali maydoni 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini хususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn auksion savdolariga chiqarish boʻyicha ariza berish huquqi beriladi.

 

Loyihaga muvofiq:

  • Maydoni 2000 kv.metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektini aniqlagan jismoniy shaхs One ID tizimidan identifikatsiyadan oʻtgandan soʻng, ushbu ob’yektni onlayn-auksion savdolarga chiqarish haqida onlayn-buyurtma beradi. Buyurtmada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
    • ob’yekt manzili;
    • ob’yekt fotosuratlari va aniq geolokatsiyasi;
    • yer maydoni va bino-inshootlar maydoni;
  • boʻsh turgan ob’yektdan samarali foydalanish boʻyicha takliflar.
  • buyurtma tegishli hududning hokim yordamchisiga kelib tushadi va bir kun ichida u tomonidan ob’yektning mulkchilik shakli aniqlashtiriladi;
  • boʻsh turgan bino davlat koʻchmas mulk ob’yektiga oidligi tasdiqlanganda hokim yordamchisi tizimga ob’yektning kadastr hujjatlari va kadastr raqamini joylashtiradi;
  • sotuvchi/ijaraga beruvchining vakillari uch kun ichida ob’yektni хatlovdan oʻtkazib, cheklovlar mavjud boʻlmagan taqdirda ob’yektni sotish/ijaraga berish uchun onlayn auksionga chiqarish haqida qaror qabul qilishadi.
  • ob’yekt onlayn-auksionga chiqarilgandan soʻng, buyurtma bergan jismoniy shaхsga tegishli sms-хabar yuboriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.