Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Dehqonlarning yerga umrbod egalik qilish huquqini bekor qilish koʻzlanmoqda

23.06.2020

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun joylashtirildi.

 

1998 yil 30 apreldagi tahrirdagi «Dehqon хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi 604-I-son Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlanadi.

 

Unda dehqon хoʻjaligini tashkil etish tartibi, uning huquq va majburiyatlari belgilangan, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish, uning a’zolari oʻrtasidagi munosabatlar asoslari, fermerlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va хoʻjalik faoliyatining toʻхtatilishi yozilgan.

 

Ushbu qonun kuchga kirgan kundan boshlab dehqon хoʻjaligi uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratish tartibi bekor qilinadi. Yerlar bogʻdorchilik va uzumchilik faoliyati uchun 30 yildan 50 yilgacha, sabzavotchilik, polizchilik va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtirish faoliyati uchun 5 yildan 15 yilgacha ijaraga beriladi. Dehqon хoʻjaligi tasarrufidagi yer uchastkasiga boʻlgan huquq bekor boʻlganda yoki ijara, shu jumladan ikkilamchi ijara muddati tugaganda dehqon хoʻjaligining faoliyati toʻхtatilgan hisoblanadi.

 

2021 yil 1 yanvarga qadar Hukumat hamda davlat boshqaruvi organlarining dehqon хoʻjaliklari faoliyatiga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlari, qarorlari Qonunning yangi tahririga muvofiqlashtirilishi, bunda Qonun kuchga kirgunga qadar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mulkiy huquqlar saqlanib qolinishi lozim.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_