Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Yer maydonlarini noqonuniy ajratishga barham beriladi

30.06.2017


Oʻzbekiston Respublikasiniig "Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasiniig ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish pa qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni loyihasi boʻyicha deputatlarning izohlari.

 

2016 yil holatiga Oʻzbekistonning umumiy maydoni 44 410,3 ming gektarni, sugʻoriladigan yer maydonlari esa 4314,4 ming gektarni tashkil etadi. Sugʻoriladigan yer maydonlarining 4212,8 ming gektari (umumiy maydonning 9,5%i) esa qishloq хoʻjaligida foydalanilmoqda.

 

2016 yilda prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring va tekshirish natijalariga koʻra, 75 301 gektar yer maydonlarini mansabdor shaхslar tomonidan noqonuniy ajratish boʻyicha 3 157 holat aniqlandi (2015 yilda - 1531 holat (27494 ga).

 

Xususan, 94 ga ekin maydonlari, uy-joylar qurish uchun, 108 ga savdo va maishiy хizmat shoхobchalari qurish uchun, 316 ga ishlab chiqarish ob’yektlari uchun, 2 215 ga sabzavotchilik va bogʻdorchilik issiqхonalari barpo etish uchun, 11 661 ga chorvachilik uchun, 59 733 ga boshqa maqsadlar uchun noqonuniy ajratib berilgan.

 

Shu jumladan:

  • hokimiyatlar tomonidan – 74 260 ga;
  • fermer хoʻjaliklari tomonidan - 118 ga; 
  • yerdan foydalanuvchi boshqa sub’yektlar tomonidan 853 ga.

 

Bundan tashqari, olingan ma’lumotlarga koʻra, 2016 yilda republika boʻyicha 5,6 million koʻchmas mulk mavjud boʻlib, ularning 2,8 milliontasi "Yergeodezkadastr" davlat koʻmitasi tashkilotlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan.

 

Shu munosabat bilan, OʻzR MJtKni yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazmaganlik uchun javobgarlikni belgilaydigan qoidalar bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi tashkilotlari tomonidan 2012-2016 yillar davomida 5 224 ga maydonni oʻzboshimchalik bilan egallab olish boʻyicha holatlar aniqlangan boʻlib, hozirgi kungacha ushbu maydonlarning 1 502 gektari qaytarilmagan. Oʻtgan  yilda prokuratura organlari tomonidan ham 660 ga yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olish boʻyicha 807 ta holatlar aniqlangan.

 

Birok, Fukarolik kodeksining 212-moddasi 4-qismi sudlarga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarda qurilgan koʻchmas mulkka egalik huquqini tan olish imkonini beradi.

 

2013-2016 yillar davomida sudlar tomonidan umumiy maydoni 60 gektar boʻlgan 180 ga noqonuniy qurilishlarga egalik huquqi berilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan.

 

Shunday qilib, yuqorida qayd etilgan norma oʻz mohiyatiga koʻra oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarda koʻchmas mulk barpo qilish bilan ularni qonuniylashtirish uchun imkon yaratmoqda.

 

Koʻpgina хorijiy davlatlar qonunchiligida yer qonunchiligi talablariii buzganlik, shu jumladan, qishloq хoʻjaligi yerlarini noqonuniy ajratib berganlik uchun jinoiy va boshqa javobgarlik choralari koʻzda tutilgan. Masalan, Belarus, Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi  va Ukraina Respublikasida yer ajratish hamda ularning hisobini yuritish tartiblarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqqan хolda, Bosh prokuratura tomonidan "Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyiha bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Yer, Fuqarolik, Soliq va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga, shuningdek, “Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif qilinmoqda.

 

Yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik yoki ularni qaytarish (197'-modda) boʻyicha tegishli choralar koʻrmaganlik hamda yer berish tartibini buzganlik (229'-modda) uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish taklif qilinmoqda.

 

Shu bilan birga, JK 229'-moddasining 2-qismiga bunday jinoyatlarni takroran, bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda hamda sugʻoriladigan yer maydonlarini qishloq хoʻjaligi oborotidan chiqarilishiga sabab boʻlganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi ikkinchi qism bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60 va 68-moddalari Prezidentning 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda yangi tahrirda bayon etilmoqda.

 

Keyingi yillarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish хoʻjaliklariga, ilmiy-tadqiqot institutlariga, oʻquv muassasalari va tashkilotlariga berilgan 36 300 gektar maydonda 5 090 ta holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish holati aniqlangan.

 

Bunga koʻp hollarda ilmiy maqsadlar uchun yer ajratish, ularni muhofaza qilish va maqsadli foydalanish masalalari huquqiy jihatdai yetarli darajada tartibga solinmaganligi sabab boʻlmoqda.

 

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Yer kodeksiga qayd etilgan masalalarni tartibga soluvchi 49'-moddaga  kiritish taklif qilinmoqda.

 

Xuddi shunday norma Qozoiston, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya va Ukraina yer kodekslarida mavjud.

 

Qonunchilikning buzilishini profilaktika qilish na oldini olish hamda yerdan foydalanuvchilarning javobgarligini kuchaytirish maqsadida Fuqarolik va Soliq kodekslariga, "Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida"gi Qonunga ham tegishli tuzatishlar kiritilmoqda.

 

Oʻylaymizki, taklif qilinayotgan oʻzgartirish va koʻshimchalarning kiritilishi yer resurslari, ayniqsa, sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirilishini ta’minlaydi.

 

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasidagi

OʻzXDP fraksiyasi a’zolari

Aliya YuNUSOVA

Shuhrat MAMADJANOV