Markaziy bank QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlash, sotish va qaytarib хarid qilib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni joylashtirdi.
Hujjat “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.
Loyihada ta’kidlanishicha, esdalik pul belgilari - muomaladagi banknotlar va tangalar kabi Oʻzbekiston Respublikasi hududida nominal qiymatga ega naqd pul shaklidagi qonuniy toʻlov vositasi boʻladi.
Shuningdek, ular nominal qiymatidan yuqori baholanuvchi numizmatika, kolleksiyalash, investitsiya va jamgʻarish ob’yektlari sifatida muomalada boʻlishi mumkin.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 7 martga qadar uni muhokama qilishda ishtirok etish mumkin.