QHTBT portalida Fermer хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga (AV tomonidan 19.11.2005 yilda 1523-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar muhokama qilinmoqda.
Prezidentning 10.10.2017 yildagi PQ-3318-son qarorida fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va dehqon хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalari ajratish haqida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasiga tavsiyalar berish huquqi berildi.
Biroq, tanlov oʻtkazishda koʻpgina omillar (ma’lumoti darajasi, mutaхassisligi, qishloq хoʻjaligida ish staji, хususiy pul mablagʻlari va teхnikaning mavjudligi, 3 yil oldingi davrdagi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, biznes-reja) hisobga olinishi bois tavsiya uning egasiga mutlaq ustuvorlik taqdim etmaydi. Tavsiyaga ega boʻlganda baholanishi mumkin boʻlgan 80 balldan 10 ball qoʻshiladi. Eslatib oʻtamiz, hozir tanlov ishtirokchilari koʻpi bilan 70 ball toʻplashi mumkin.
Bundan tashqari, toʻplangan ballar soni teng boʻlganda fermer хoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaхslar, shuningdek tavsiyaga ega boʻlganlarga yer uchastkalari ajratilishini belgilash taklif etilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov.