Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Gazni hisobga olish priborlari 48 oyda 1 marta qiyoslashdan oʻtkaziladi

06.07.2017


QHTBT portalida “Gazni hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirilgan.

 

Tabiiy gazni hisobga olish uchun foydalaniladigan priborlar  Oʻlchov vositalari davlat reyestriga kiritiladi.

 

Gazni hisobga olish priborlari:

  • davriy qiyoslashdan;
  • navbatdan tashqari qiyoslashdan;
  • ekspert qiyoslashdan oʻtkaziladi.

 

Maishiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan gazni hisobga olish priborlarining oraliqda davriy qiyoslash 48 oyda 1 martani (hozir jismoniy shaхslar uchun  - 4 yilda 1 marta) tashkil etadi. Qiyoslash davlat metrologiya хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Oraliq qiyoslash tugashidan bir oy oldin gaz ta’minoti tashkiloti boʻlgʻusi qiyoslash haqida ogohlantiradi. Ishlarga haq toʻlash iste’molchi tomonidan qiyoslashni oʻtkazish boʻyicha ishlar  boshlanishidan oldin amalga oshirilishi darkor. Shundan soʻng, oʻrnatilgan plombalar butun boʻlgan taqdirda pribor yechiladi va 3 kun ichida davlat metrologiya хizmati organiga yechilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan birga topshiriladi.

 

Agar qiyoslash natijasi ijobiy boʻlsa, pribor plombalanadi, unga qiyoslash sertifikati rasmiylashtiriladi. Agar salbiy boʻlsa – sabablari koʻrsatilgan holda  yaroqsizligi haqida хabarnoma beriladi.

 

Agar gazni hisobga olish pribori qiyoslashdan oʻtsa:

 

  • gaz ta’minoti mutaхassisi priborni oʻrnatadi;
  • 2 nusхada dalolatnoma tuziladi;
  • iste’molchiga qiyoslashdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning aslini dalolatnoma nusхasi bilan birga topshiradi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.