Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solishga doir chora-tadbirlar loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchilar va iqtisodiyotning ta’sirchan sektorlariga salbiy ta’sirini yoʻqotish maqsadida bojхona bojlari stavkalarini maqbullashtirish ishlab chiqilgan hujjatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga import bojхona bojlari va aksiz soligʻining yangi stavkalarini tasdiqlash taklif etilmoqda. Loyihaga ilova qilinayotgan stavkalar bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.
Ma’lumot uchun: mamlakatimizga olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga import bojхona bojlari va aksiz soligʻining amaldagi stavkalari 2017 yil 1 oktyabrdan qoʻllanmoqda (aksiz soligʻining bitta stavkasi 2018 yildan joriy etildi).
Shu bilan bir qatorda mamlakatimizning JSTga a’zo boʻlishi doirasida keng miqyosdagi norma yaratish ishlarini boshlash koʻzlanmoqda. Xususan, quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda:
- Subsidiyalar va kompensatsiya choralarini qoʻllash sohasidagi nizom. Bunda savdo shartlariga ta’sir etishiga hamda JSTning Subsidiyalar va kompensatsiya choralari boʻyicha bitimi doirasida qoʻllash mumkinligiga qarab subsidiyalarni belgilash, ularni tasniflashga alohida e’tibor beriladi;
- Xalqaro standartlarga muvofiq Intellektual mulk huquqlarini huquqbuzarliklardan himoyalovchi yuqori standartni ta’minlash chora-tadbirlari rejasi.
- Qabul qilingan JST normalari va qoidalariga muvofiq yangi tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun.
- Oʻzbekiston hududida import operatsiyalarini amalga oshirishda sanitariya-karantin, fitosanitariya nazorati va veterinariya nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Notarif tartibga solish toʻgʻrisidagi hujjat.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov.