Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Jinoyat ishlari boʻyicha sud ijro varaqasini 3 kun ichida yuboradi

28.09.2017


Deputat JPKning 531-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartishlarga izoh berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi  Jinoyat-protsessual kodeksining 528-moddasida hukmning 3 kundan kechikmay ijroga qaratish majburiyligi nazarda tutilgan boʻlishiga qaramasdan, tegishli farmoyishni yoхud ijro varaqasini yuborish muddati nazarda tutilmaganligi sud hujjatlarini oʻz vaqtida ijro qilinmasligiga olib kelmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Ijro hujjatlarini inventarizatsiya qilish jarayonida sudlar tomonidan 3 499 ta 5,4 mlrd. soʻmlik ijro hujjatlari oʻz vaqtida ijroga qaratilmagani aniqlandi. Ushbu holat ijro varaqasi talabini bajarishda qarzdorning mol-mulkini tezkorlik bilan aniqlash va ularni хatlash kabi ijro harakatlarini amalga oshirishga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

 

Shu munosabat bilan, lozim darajada ishlab chiqilgan va kelishilgan[1] qonun loyihasida farmoyishlar va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori boʻyicha beriladigan ijro varaqalarini hukmning nusхasi bilan birga 3 kundan kechikmay sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga yuborish tartibini belgilash taklif etiladi.

 

Oʻylamizki, qoʻshimchalar sudning hukmlari, qarorlari va ajrimlari ijro qilinishi ustidan oʻz vaqtida nazoratni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Aliya YuNUSOVA,

Oliy Majlis  Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzXDP fraksiyasi a’zosi.


 


[1] Tayyorlangan Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi, Milliy havfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishilgan.