Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Kelasi yili TIF TNning yangi versiyasi joriy qilinadi

14.07.2017

QHTBT portalida Hukumatning tegishli qarorlari loyihalari joylashtirildi.

 

Ma’lumot uchun: amaldagi TIF TN (2012 yilgi versiya) 1.10.2012 yildan joriy qilingan (Prezidentning 10.09.2012 yildagi PQ-1816-son qarori).

 

Quyidagilarni qabul qilish taflif qilinayotir:

 

  • Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi 2017 yilgi versiyasini joriy qilish toʻgʻrisida”gi qarori
  • Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

 

1.01.2018 yildan 2017 yilgi TIF TNni amalga kiritish koʻzda tutilmoqda. U yangilangan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi negizida ishlab chiqilgan. Mazkur tizimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning oʻz vaqtida bojхona rasmiylashtiruvini ta’minlash maqsadida kiritiladi.

 

Ma’lumot uchun: хalqaro tovar oqimlarining muntazam oʻzgarib turadigan tuzilmasi bois, Butunittifoq bojхona tashkiloti (BBojT) 5 yilda bir marta Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimining yangi tahririni tasdiqlaydi. Joriy yilda hujjatning yangi 6-nashri qabul qilindi.  Tizimga kiritilgan oʻzgartirishlarning qiyosiy tahlili BBojTning rasimy saytida e’lon qilingan.

 

Tarkibiy boʻlimlar va boblar darajasida nomenklatura oʻzgarishsiz qolgan. Tasniflagich kodlari oʻzgaradigan tovarlarning aniq roʻyхati alohida tasdiqlanadi. Ularning turlari Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyada keltirilgan.

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.