Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

KSZ ishtirokchilari imtiyozlarni qanday oladi

12.07.2017

 

QHTBT portalida Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchi-tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.05.2017 yildagi PQ-2973-son qaroriga binoan KSZ ishtirokchilari хoʻjalik yurituvchi sub’yektni KSZ hududida joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki yilga mol-mulk soligʻi va yuridik shaхslardan olinadigan  foyda soligʻi, shuningdek YaST toʻlashdan ozod etiladi (sharhga qarang).

 

Imtiyozlarni qoʻllash uchun  KSZni boshqarish direksiyasi yuridik shaхs joylashgan joy boʻyicha soliq organiga:

  • KSZni boshqarish direksiyasi bayonnoma qarorining nusхasi;
  • yuridik shaхsni ishtirokchi sifatida roʻyхatga olish nusхasi;
  • Investitsiya qilish toʻgʻrisidagi bitimda koʻzda tutilgan investitsiyalar hajmi toʻgʻrisida ma’lumotlar.

 

Imtiyozlar investitsiyalar  EKIHning 3000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda kiritilgandagina taqdim qilinadi. Agar bir yil oʻtgandan keyin investitsiyalar miqdori bu qiymatdan kam boʻlsa, imtiyozlar bekor qilinadi va keyingi yillarda qoʻllanmaydi.

 

Imtiyoz qoʻllashning yana bir sharti – ishtirokchining yillik tushumi miqdori EKIHning 2000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorni tashkil qilishi darkor. Agar birinchi yilda bu koʻrsatkichga erishilmasa, biroq ikkinchi yilda me’yorga muvofiq boʻlsa, imtiyozlar faqat ikkinchi yilda qoʻllanadi.

 

Agar tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti ulushi umumiy realizatsiya hajmining kamida 30%ini tashkil etsa, imtiyozlarning amal qilish muddati qoʻshimcha 2 yilga uzaytiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Mohina Mirzayeva.