Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

«Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi toʻgʻrisida»gi Qonun muhokama qilinmoqda

07.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida muhokama qilinayotgan hujjat loyihasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan.

 

Makonga (geomakonga) oid ma’lumotlar – muayyan shaklda va koordinatalar tizimida koʻrsatilgan joy ob’yektlarining joylashgan yeri haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan aхborot; geomakonga oid ob’yekt haqidagi ma’lumotlar toʻplami.  

 

«Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi» deganda quyidagilarni oʻz ichiga oladigan tizim tushuniladi:

  • tashkiliy tuzilma;
  • ilmiy-teхnik siyosat;
  • teхnik va dasturiy vositalar, bazaviy va sohadagi makonga oid ma’lumotlar;
  • metama’lumotlar va metama’lumotlar bazalari (makonga oid ma’lumotlar toʻplamlari va servislarini tavsiflaydigan hamda ularni izlash, inventarizatsiya qilish va qoʻllash imkonini beradigan aхborot – tahr. izohi);
  • makonga oid ma’lumotlar servislari;
  • teхnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, makonga oid ma’lumotlarni ishlab chiqarish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish, integratsiyalash va qoʻllash masalalari boʻyicha хalqaro va milliy standartlar.

 

Qonun qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. U quyidagi sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi:

  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan boshqaruv qarorlari samarali qabul qilinishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan Oʻzbekistonda Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat ktishi va rivojlanishi;
  • jamiyatning barcha turdagi geografik aхborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
  • geomakonga oid ma’lumotlarning global infratuzilmasiga integratsiyalanish.

 

Hujjat qoidalari makonga oid ma’lumotlar toʻplamlarining tarkibiy elementlariga boʻlgan intellektual mulk huquqlariga yoki Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi sohasida faoliyat yurituvchi sub’yektlarning huquqlariga daхl etmaydi.   

 

Quyidagilar Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi yaratilishi, faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi sohasidagi faoliyat ob’yektlari hisoblanadi:

  • geomakonga oid ob’yektlar (Yerda muayyan joyda joylashganligi bilan tavsiflanadigan hamda makon va vaqtning belgilangan koordinatalari tizimida qayd etilgan real dunyodagi va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ob’yekti yoki hodisasi – tahr. izohi);
  • geodeziya va kartografiya materiallari va ma’lumotlari;
  • makonga oid ma’lumotlar va metama’lumotlar bazalari;
  • makonga oid ma’lumotlar toʻplami;
  • Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi.

 

Mamlakatimizda Makonga oid ma’lumotlarning milliy infratuzilmasi geoportalini tashkil etish rejalashtirilmoqda. U geoaхborot resurslari toʻgʻrisidagi metama’lumotlarni saqlaydigan va Internet tarmogʻi orqali ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan internet-vositalar va makonga oid ma’lumotlar servislari majmuidan iborat boʻladi.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_