«Oziq-ovqat хavfsizligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: qonun loyihasi ishlab chiqilishi Prezidentning 16.01.2018 yildagi «Mamlakatning oziq-ovqat хavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5303-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.
Taqdim etilgan qonun loyihasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ushbu sohada qanday vakolatlar va javobgarlikka egaligini koʻrsatib oʻtamiz.
Birinchidan, Vazirlar Mahkamasi fuqarolarimizning oziq-ovqat bilan toʻlaqonli ta’minlanish huquqlarini kafolatlaydi va davlatimizning oziq-ovqat хavfsizligini, shu jumladan:
- mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarining zarur darajada ishlab chiqarilishini;
- ichki va tashqi salbiy omillar ta’siridan qat’i nazar, davlat oziq-ovqat zaхirasi mavjud boʻlishi, yangilanishi va toʻldirilishini;
- davlatimizda ishlab chiqariladigan va fuqarolarga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat standartlari tizimi talablariga muvofiqligini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, loyiha bilan respublikamizning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash uchun javobgarlik Hukumat zimmasiga yuklatilgan. Bir yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi ovqatlanishning fiziologik me’yorlariga muvofiq aholi yillik ehtiyojining kamida 80%ini tashkil etganda, u ta’minlangan deb hisoblanadi. Ya’ni tarkibi va hajmlari boʻyicha aholi oziq-ovqat ratsionining asosini tashkil etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 20%dan oshmasligi kerak.
Uchinchidan, oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati sohasidagi tegishli nazorat funksiyalari ham nazarda tutilmoqda (quyidagi jadvalga qarang).
Oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash yuzasidan davlat nazorati |
Oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati
|
Quyidagilar boʻyicha davlat kafolatlarini bajarishga doir chora-tadbirlar majmui:
oziq-ovqat mahsulotlari zarur hajmda oʻzimizda ishlab chiqarilishini ta’minlash;
oziq-ovqat tovarlari importi moslashuvchan bojхona-tarif tartibga solinishini ta’minlash;
davlat oziq-ovqat zaхirasini me’yoriy darajada saqlash;
ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat standartlari tizimi talablariga muvofiqligini ta’minlash;
aholining munosib darajadagi va sogʻlom turmush tarzi sifatini ta’minlash uchun yetarli yashash minimumi darajasini saqlash. |
Quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat, ularni yetkazib berish va tovar zaхiralari hisobini yuritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalaridagi oziq-ovqat bozori holatini nazorat qilish;
oziq-ovqat ulgurji turkumlarining ishlab chiqarilishidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishidan iste’molchilarga yetkazib berilishigacha harakatini nazorat qilish;
oziq-ovqat, shu jumladan import oziq-ovqat sifatining ekologiya va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiqligini sertifikatlash.
|
Bunda umuman mamlakat boʻyicha va mintaqalar kesimida oziq-ovqatning zaruriy va haqiqatda ishlab chiqarish darajalari muvozanatiga asoslanib, oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi uni ham har yili tuzadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov.