QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Bojхona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999 yil 30 apreldagi 204-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror loyihasi bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojхona yigʻimi joriy etishni nazarda tutuvchi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2020 yil 10 iyundagi 02-1843-son va Bosh vazirning 2020 yil 12 iyundagi 02/1-1380-son topshiriqlarini bajarish maqsadida tayyorlangan.
Loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining “Bojхona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999 yil 30 apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan bojхona yigʻimlari stavkalarini quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirish taklif qilinmoqda:
31 |
Bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kuni uchun |
1 BHM |
Taklif etilayotgan oʻzgartirishlarning mohiyati shundan iboratki, yetkazib beruvchi tomonidan bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yigʻim undiriladi.
Hozirgi kunda yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlar va transport vositalarini yetkazib berish muddatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Bunday yigʻimni joriy etish, ishlab chiquvchilar fikriga koʻra:
- bojхona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni belgilangan muddatlarda yetkazib berilmaganligi uchun MJTKning 2274-moddasi 5-qismi va 22716-moddasi 1-qismi huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirmaslik;
- tashuvchining sodir etgan huquqbuzarligi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha vaqt sarflamaslikka;
- huquqbuzarlik holatida хolislarni jalb etmaslikka;
- soddalashtirilgan tartibda yagona belgilangan stavkada bojхona yigʻimini undirishga;
- chegara oʻtkazish punktlarida tashuvchilarning tezroq harakatlanishiga;
- bojхona tartibotlarining soddalashtirilishi va shaffofligini yanada oshirishga;
- tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga imkon beradi.
Bunda, ta’kidlash joizki, amaldagi tartibga binoan yetkazib beruvchi tovarlar va transport vositalarini yetkazib berish muddatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan taqdirda u oʻz huquqlarini sudda himoya qilish imkoniyatiga ega. Taklif etilayotgan yangi tartibga binoan – u bunday imkoniyatdan mahrum qilinadi.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Bahodir Qayumov.