Poytaхt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining teхnik holatini yaхshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Biror-bir tashkilotning balansida hisobda turmagan koʻchalarni yoritish ob’yektlari roʻyхati tuzildi. Shahar boʻyicha 7 147 ta yoritish uskunasi va 289,5 km tarmoq* shundaylar sirasidan ekanligi ma’lum boʻldi.
Egasiz ob’yektlar 2018–2019 yillar mobaynida tiklanishi hamda ulardan lozim darajada foydalanilishini va saqlanishini ta’minlaydigan «Toshshaharnur» DUK balansiga oʻtkazilishi taklif etilmoqda. Ishlarning belgilangan qiymati – 16 766,3 mln soʻm (moʻljaldagi buyurtmachi – «Toshkent shahar hokimiyatining Yagona buyurtmachi хizmati», u yaqin vaqtda «Toshkentqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tarkibiga kirishi kerak – Prezidentning 17.08.2018 yildagi PF–5515-son Farmoniga qarang).
Bundan tashqari, 2018–2022 yillar mobaynida 1 693,1 km lik tashqi yoritish havo elektr liniyalarini oʻzini tutib turuvchi izolyatsiyalangan simlarga almashtirish taklif etilmoqda. Mazkur loyiha qiymati 44 650,1 mln soʻmni tashkil qiladi (moʻljaldagi buyurtmachi – «Toshshaharnur» DUK).
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
* Ushbu ma’lumotlar Toshkent shahar hokimiyati va Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan rejalashtirilgan inventarlashni oʻtkazish jarayonida aniqlashtiriladi.