QHTBT portalida Raqamli tovarlar bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish va ularning buхgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
Loyihada raqamli (elektron) tovarlarga ta’rif berilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
- dasturiy mahsulotlar, mobil ilovalar va ma’lumotlar bazalari;
- adabiy, grafik, musiqali, audiovizual va foto asarlar;
- bulutli ilovalar va onlayn-oʻyinlar;
- onlayn-kurslar, vebinarlar, videodarslar, onlayn-maslahatlar;
- boshqa elektron mahsulotlar.
Belgilanishicha, Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari bilan yozma shaklda ikki tomonlama kontraktlarni tuzish orqali raqamli tovarlar bilan bogʻliq bitimlar amalga oshirilishi mumkin.
Yozma shaklda ikki tomonlama kontraktlarni tuzmasdan raqamli distributsiya varianti qoʻllanishi mumkin. Bunda oferta shartnomasi (FKning 367-moddasi) va uning aksepti (FKning 370-moddasi), qoʻshilish shartnomasi (FKning 360-moddasi), litsenziya shartnomasi (FKning 360-moddasi) va Fuqarolik kodeksiga muvofiq boshqa shartnomalardan foydalaniladi.
Quyidagi normalar keltiriladi:
- bitimlarni hujjatli tasdiqlash;
- eksport va import;
- buхgalteriya hisobi.
Hujjat muhokama qilinmoqda, loyiha yuzasidan fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni 5.07.2018 yilgacha qoldirishingiz mumkin.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.