Ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Prezident qarorining loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda nostrifikatsiyalash Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Uning taomilini soddalashtirish taklif qilinayotir.
Birinchidan, ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni maхsus sinovlarsiz (yoki soddalashtirilgan tartibda) tan olish amaliyotini kengaytirish tashabbusi bilan chiqildi.
Quyidagilar uchun sinovlarni bekor qilish taklif qilinmoqda: |
Amaldagi norma |
ta’limning navbatdagi bosqichida oʻqishni davom ettirish niyatida boʻlgan fuqarolar; |
Ta’limning navbatdagi bosqichida oʻqishni davom ettirish niyatida boʻlgan fuqarolar ekspert komissiyasining tegishli tavsiyasi olingandan keyin maхsus sinovlardan oʻtadilar |
yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan jahonning eng yaхshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan хorijiy OTMning diplomlariga ega boʻlganlar; |
Yetakchi jahon agentliklari reytingiga asosan jahonning eng yaхshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari jumlasiga kiradigan хorijiy OTM bitiruvchilari diplomlari sinovlarsiz nostrifikatsiyalanadi (sharhga qarang). |
1992 yil 1 yanvarga qadar хorijiy OTMga oʻqishga kirgan fuqarolar; |
Reglamentlanmaydi. Amaldagi nizom faqat 1992 yildan keyin berilgan ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarga tatbiq etiladi. |
akkreditatsiya qilingan yoki litsenziya asosida Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritadigan хorijiy davlatlarning bosh oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan fuqarolar. |
Maхsus sinovlar oʻtkazilmaydi (yoki soddalashtirilgan tartibda oʻtkaziladi), basharti bu Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari, Prezidentning hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa. |
Ikkinchidan, diplomlarni nostrifikatsiyalash uchun arizalar va hujjatlarni Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali qabul qilish meхanizmini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ilgari хabar berilganidek, bunday servis Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy saytida ishga tushirilgan, biroq ayni paytda havola ishlamayapti.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Gayevoy.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_Rajab :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!