Adliya vazirligida «Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Loyiha Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi Adliya bilan muloqot guruhida e’lon qilingan.
MKning 78-moddasi ikkinchi qismini yangi хatboshi bilan toʻldirish taklif etilmoqda, unga koʻra ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish roʻyхatida, qonunda koʻzda tutilgan holatlarni istisno qilgan holda, sudlanganligi hamda yaqin qarindoshlarining sudlanganligi sababli rad etish nazarda tutilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov.