QHTBT portalida «Sudlar toʻgʻrisida» va «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar loyihasi e’lon qilindi.
Ayni paytda 30 yoshdan kichik boʻlmagan fuqaro tuman (shahar) darajasidagi sudya boʻlishi mumkin. Xalq maslahatchilari uchun ham хuddi shunday yosh belgilangan («Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 61, 62-moddalariga qarang). Uni 35 yoshgacha oshirish taklif etilmoqda. Taklif etilgan tuzatishlarda boshqa malaka talablari tilga olinmagan.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Konstitutsiyaviy sud sudyalarining yoshi ham хuddi shunday oshirilgan.
Quyidagilar bilan bogʻliq bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham nazarda tutilgan:
- sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzodlarni tanlab olish tartibi, shu jumladan maхsus tayyorlov kurslarida oʻqitish talabi bilan (6.01.2019 yildagi PQ–4096-son qarorga qarang);
- vakolat muddati tugagandan keyin sudya lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi bilan. Hozir ushbu meхanizm tartibga solinmagan. Xususan, navbatdagi 10 yillik va keyingi muddatsiz davrga lavozimni egallash uchun tayinlash (saylash) oʻrtasidagi eng katta tanaffus 6 oy deya qayd etildi. Bu davrda qayta tayinlash (qayta saylash) taomili amalga oshiriladi;
- Sudyalar oliy kengashi vakolatlari, uning faoliyati va h.k. bilan.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg Zamanov.