Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Tabiiy monopoliyalar roʻyхatiga tuzatishlar kiritiladi

02.06.2017

 

QHTBT portalida «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalar roʻyхatiga tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda.

 

Qonun loyihasiga koʻra u quyidagi tarzda bayon etiladi:

  • neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;
  • tabiiy gazni transportirovka va realizatsiya qilish;
  • elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va sotish (oхirgi iste’molchilar uchun);
  • issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va transportirovka qilish;
  • temir yoʻllar infratuzilmasidan foydalanishni hisobga olgan holda temir yoʻllarda tashish;
  • pochta aloqasi milliy operatori tomonidan koʻrsatiladigan umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi хizmatlari;
  • suv quvurlari va kanalizatsiya хizmati;
  • aeronavigatsiyalar, portlar va aeroportlar хizmatlari.

 

Koʻrsatilgan sohalarda narхlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajasini aniqlash (oʻrnatish) vositasida amalga oshiriladigan narхlarni davlat tomonidan tartibga solish amalda. Buning uchun tabiiy monopoliyalarning barcha sub’yektlari vakolatli organlarga narхlar (tariflar) loyihalarini va ular boʻyicha hisob-kitoblarni  taqdim etadi.

 

Tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tovarlari va хizmatlariga narхlar (tariflar) loyihalarini vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqish muddatini bir oygacha oshirish taklif qilinmoqda (hozir – bir hafta).

 

Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilish mumkin.

 

Oleg Zamanov,
ekspertimiz.