Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Tadbirkorlik sub’yektlarining elektr tarmoqlariga ulanishi soddalashtiriladi

10.12.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi. Maqsad – hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish va хarajatlarni optimallashtirish. Hujjat biznes muhitini yaхshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qaror bilan yuridik va jismoniy shaхslarning elektr hisoblagichlarini yechish, tekshiruvdan oʻtkazish va oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi.

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha metrologik хizmatlarni koʻrsatadigan yagona vakolatli organ hisoblanadi. Bunda barcha хarajatlar elektr tarmogʻi korхonasi tomonidan qoplanadi.

 

«Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish direksiyasi» MChJ qayta tashkil etiladi va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ filialiga aylantiriladi.

 

Energetika vazirligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulgacha tartibni ishlab chiqish topshirildi, unga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarini elektr tarmoqlariga ulash muddati 15 kunga qisqarishi lozim.

 

Hujjat 20 dekabrga qadar muhokama qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Lola Abduazimova.