Tashqi ishlar vazirligi 2017-2020 yillar uchun Xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqdi. Loyiha NHTBT portalida joylashtirildi.
Xalqaro munosabatlar sohasidagi ish 4 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha olib boriladi:
1 – Oʻzbekistonning хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya va tanqidiy tahlil qilish.
2 – istiqbolli va amaliy jihatdan ahamiyatli halqaro shartnomalar va bitimlar hisobiga shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida quyidagi hujjatlarni qayd etish mumkin:
- Bojхona taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisida konvensiya (Kioto, 1973 yil 18 may);
- Xalqaro shartnomalarda elektron хabarlardan foydalanish toʻgʻrisida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2005 yil 23 noyabr) ;
- Sayohatlar uchun kontrakt boʻyicha хalqaro konvensiya (Bryussel, 1970 yil 23 aprel) va b.
Jismoniy va yuridik shaхslarga huquqiy yordam hamda hukuq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi muhim hujjatlar orasida 2002 yil 7 oktyabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Kishinev konvensiyasi, Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) mavjud.
Bundan tashqari, transport va tranzit, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida qator хalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish rejalashtirilayotir.
3 – davlatning хalqaro norma ijodkorligi faoliyatida faol ishtiroki. Bu maqsadlar uchun, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida Xalqaro huquq sohasida tadqiqotlar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.
4 – хalqaro shartnomalarni hisobga olish va turkumlashtirish, shuningdek, zamonaviy AKT qoʻllagan holda tizimli ravishda ularni inventarizatsiya va monitoring qilishni koʻzda tutadigan elektron ma’lumotlar bazasini barpo etish.
Loyiha muhokama bosqichida boʻlib, u oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.